» » » Farovonlik va taraqqiyot kafolati

Farovonlik va taraqqiyot kafolati

 

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma to'rt yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risidagi farmoyishi asosida vazirlik tizimidagi ta'lim muassasalarida Asosiy Qonunimizni chuqur o'rgatish, o'sib kelayotgan avlodning huquqiy bilim hamda madaniyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, intellektual va ijodiy tanlovlar o'tkazilmoqda.

Jumladan, umumta`lim maktablarida joriy yilning 15 noyabridan 15 dekabr kuniga qadar "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati shiori ostida huquqiy va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar oyligi o'tkazilmoqda. Hozirda barcha ta'lim muassasalari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi tasviriy vositalar bilan bezatildi.

Ayni kunda, 193 nafar hududiy xalq ta'limi boshqaruv organlari xodimlari, XTXQTMO institutlari professor-o'qituvchilari va malakali mutaxassislardan tarkib topgan doimiy faoliyat yurituvchi hududiy targ'ibot guruhi a'zolari ta'lim muassasalarida va aholi o'rtasida "Inson, uning qadr-qimmati, haq-huquqi oliy qadriyat mavzusida targ'ibot ishlarini reja asosida olib bormoqdalar.

Shu bilan birga, ta'lim muassasalarida o'quvchilarning huquqiy ongini yuksaltirish va olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida tegishli darslarda, "Ertalabki saflanish va "Tarbiyaviy soatlarda hamda pedagog xodimlar uchun "Ma'naviyat soati tadbirlarida "Konstitutsiyani o'rganamiz, "Konstitutsiya - mening taqdirimda mavzularida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, ochiq muloqotlar va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Qolaversa, barcha ta'lim musassasalarida o'quvchilar o'rtasida "O'zbekiston kelajagi barkamol avlod qo'lida, "Inson huquqlari eng oliy qadriyat, "Konstitutsiya taraqqiyotimiz poydevori, "Konstitutsiya mening huquq va burchlarim", "Konstitutsiya va huquqiy madaniyat, "Konstitutsiya ravnaqimiz qomusidir mavzularida insholar tanlovlari o'tkazilmoqda. G'oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanmoqda.

Bundan tashqari "Konstitutsiya mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlarining muhim poydevori shiori ostida tuman-shahar markazlarida mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlarga o'quvchilarning sayohatlari uyushtirilmoqda. Shu kunga qadar 300 mingdan ziyod o'quvchilar qamrab olindi.

Shuningdek bolalar va o'smirlar sport maktablari mas'ulligida Konstitutsiya kuniga bag'ishlab o'quvchilar va o'qituvchilar o'rtasida sportning 14 turi bo'yicha turnirlar o'tkazilmoqda. "Barkamol avlod bolalar markazlarida joriy yilning 25 noyabr 5 dekabr kunlari "Konstitutsiya o'quvchilar nigohida mavzusida ijodiy ishlar tanlovi va ko'rgazmasi faoliyat ko'rsatadi. Axborot-resurs markazlari va ta'lim muassasalari kutubxonalarida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan yuridik adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil etildi.

Shuningdek, Respublika ta'lim markazi tomonidan joylarda o'quvchilar o'rtasida "Konstitutsiya baxtimiz poydevori respublika ko'rik-tanlovining quyi bosqichlari o'tkazilmoqda.

Bu kabi tadbirlar aniq maqsadga ega, qat'iyatli farzandlarimiz safini kengaytirish, ertangi kunga bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Uzluksiz ta'limning boshlang'ich bo'g'inidanoq bolalarimizning huquqiy savodxonligi shakllanib borayotgani, yoshlarimizning o'z konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, oila, jamiyat hamda davlat oldidagi burch va majburiyatlarini bilishi uchun har tomonlama ko'maklashilayotgani ayni muddaodir.

Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati


dle