» » Islom Karimovning yangi kitoblari nashrdan chiqdi

Islom Karimovning yangi kitoblari nashrdan chiqdi

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Ozodlik havosidan toyib nafas olgan xalq oz yolidan hech qachon qaytmaydi va "Hayot sinovlarida toblangan Qashqadaryo eli har qanday yuksak marrani egallashga qodir nomli kitoblari "Ozbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etildi. Bu haqda OzA xabar berdi.

Malumki, davlat rahbari joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yil 30-iyun 1-iyul kunlari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridabolib, mazkur viloyatlarning faollari, xotin-qizlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashib, samimiy suhbatlashdi.

Ushbu kitoblardan ana shu suhbatlar paytida Prezident tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar orin olgan bolib, ularda nafaqat Surxon va Qashqa vohalari, balki butun mamlakating bugungi va ertangi taraqqiyoti, mamlakatdagi tinchlik va osoyishtalikni, obod va farovon hayotni yanada mustahkamlash va qadriga yetish, olib borilayotgan keng kolamli islohotlarni chuqurlashtirish, bunyodkorlik ishlarini yangi bosqichga kotarish, yoshlarni soglom va barkamol qilib tarbiyalash kabi ota muhim va dolzarb masalalar boyicha fikr yuritiladi.

Mustaqillik yillarida Ozbekistonning barcha hudud va mintaqalari singari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ham ulkan ozgarishlar roy bergani mazkur kitoblarda alohida takidlanadi. Mustabid tuzum davrida asosan paxta xomashyosi yetishtirish bilan cheklangan bu vohalarda bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan yirik sanoat korxonalari, kommunikatsiya tarmoqlari faoliyat korsatayotgani, fermerlik harakati, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jadal rivojlanib, qishloq va shaharlar qiyofasi tubdan ozgarib, odamlarning turmush darajasi, ongu tafakkuri, daxldorlik hissi tobora ortib borayotgani va bunday yutuqlar zamirida mujassam bolgan omillar haqida teran fikr-mulohazalar bayon qilinadi.

Mazkur viloyatlarning oziga xos tabiati, ulkan iqtisodiy va insoniy salohiyati, betakror qadriyat va ananalari, Surxondaryo va Qashqadaryo zaminining mard va olijanob insonlari togrisida Prezident katta mehr va gurur tuygulari bilan fikr yuritadi.

Ushbu kitoblarda tarixan qisqa muddatda Termiz, Qarshi va Shahrisabz shaharlarining tanib bolmaydigan darajada ozgarib, mamlakatning eng yirik, jadal rivojlanib borayotgan iqtisodiy va madaniy markazlariga aylangani aniq misollar asosida tahlil etiladi.

Prezidentning kitoblarida mustaqillik yillarida ozbek xalqi erishgan barcha yutuq va marralarda hamma hududlar qatori Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari mehnatkashlarining ham munosib hissasi borligi chuqur minnatdorlik bilan etirof etiladi.

Hajman kichik, lekin mazmunan chuqur bu kitoblarni "Ozodlik havosidan toyib nafas olgan xalq oz yolidan hech qachon qaytmaydi degan hayotiy haqiqat bosh goya sifatida birlashtirib turadi.

Muxtasar aytganda, Prezident Islom Karimovning mazkur risolalari istiqlol yillarida mamlakat qanday ogir va murakkab, shu bilan birga sharafli yolni bosib otgani, mustaqillik har bir viloyat, shahar va qishloq, har bir fuqaro hayotida buyuk ozgarishlarga asos va zamin bolayotganini chuqur anglashga xizmat qiladi va ana shu bebaho nematni qadrlab, uni himoya qilib yashashga davat etadi.


dle