» » Abituriyentlar uchun Admissions.uz sayti ishga tushdi

Abituriyentlar uchun Admissions.uz sayti ishga tushdi

Abituriyentlar uchun Admissions.uz sayti ishga tushdi


"Admissions.uz sayti tajribaviy loyiha sifatida foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Loyihaning asosiy maqsadi abituriyentlarga ozlarining bolgusi oquv maskanlari hamda yonalishlarini tanlashda yordam berishdan iborat. Bu haqda Uzinfocom kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi matbuot xizmati "Daryoga malum qildi.

Sayt foydalanuvchilar uchun ikki xil xizmatni taklif etadi.

Birinchi xizmat yordamida abituriyentlar ozlarining taxminiy ballari, test topshirish fanlari, talim tili va boshqa mezonlarni korsatib, ushbu qidiruv mezonlariga mos keluvchi oliy talim muassasalari va ularning tegishli oquv yonalishlarini bilib olishlari mumkin.

Ikkinchi xizmat yordamida abituriyent ozi tanlagan oquv yurti hamda yonalishi va ozining taxminiy ballini korsatib shu yonalishga qanchalik kirish imkoniyatiga ega ekanligini bilib olishi mumkin.

Natijalar qidiruv mezonlari hamda abituriyentning taxminiy balliga asosan, shu yonalish haqidagi statistik malumotlar va otgan yillardagi kirish ballariga asoslangan holda, bazi matematik modellar yordamida hisoblanadi va kirish ehtimoli sifatida taqdim etiladi.


dle