» » BMT bosh kotibi tarixiy sammit yuksak saviyada tashkillashtirilgani uchun Ozbekistonga minnatdorlik bildirdi

BMT bosh kotibi tarixiy sammit yuksak saviyada tashkillashtirilgani uchun Ozbekistonga minnatdorlik bildirdi

Materialda ShHT davlatlari rahbarlari kengashining Toshkentdagi yigilishi doirasida bolib otgan majlisda BMT bosh kotibining siyosiy masalalar boyicha orinbosari Jeffri Feltman ishtirok etgani eslatib otiladi. BMT bosh kotibi nomidan qilgan chiqishida Feltman ShHTning ekstremizm, terrorchilik va noqonuniy narkotik savdosiga qarshi kurashdagi ahamiyatiga alohida toxtalib otdi.

Maqolada, shuningdek, bosh kotib Pan Gi Mun Ozbekiston Prezidenti Islom Karimovga, respublika hukumatiga va Ozbekiston xalqiga "tarixiy sammit yuksak saviyada tashkil etilgani, shuningdek, uning ishtirokchilariga nisbatan korsatilgan mehmondostlik uchun minnatdorlik bildirgani alohida qayd qilib otildi.

"ShHT Yevrosiyo duch kelayotgan muammolarga qarshi kurash ishida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni ostirishda muhim ahamiyat kasb etadi, deb takidladi oz chiqishida Jeffri Feltman.

BMT vakili terrorchilik, estremizm, giyohvand moddalar savdosi va uyushgan jinoyatchilik muammolariga etibor qaratarkan, ularni bartaraf etishga bitta alohida davlat qodir emasligini tan oldi.

"Oz murojaatida BMT bosh kotibi shu yili u tajovuzkor ekstremizmning oldini olish boyicha harakat Rejasini taqdim etganini eslatib otdi. Unda xavfsizlik choralarini mustahkamlash hamda mazkur yovuzlikni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga qaratilgan 70 dan ortiq tavsiya orin olgan, deyiladi maqolada.

BMT vakili xalqaro tashkilot ShHT bilan aloqalarni rivojlantirishga tayyorligini ishontirib aytdi.

dle