» » » Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir

Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Ona yurtimiz bahtu iqboli va buyuk kelajagi yo'lida hizmat qilish - eng oliy saodatdir nomli kitobi "O'zbekiston nashriyoti tomonidan ko'pming nushada chop etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Ona yurtimiz bahtu iqboli va buyuk kelajagi yo'lida hizmat qilish - eng oliy saodatdir nomli kitobi "O'zbekiston nashriyoti tomonidan ko'pming nushada chop etildi. Ma'lumki, 2015 yil 29 mart kuni yurtimizda ulkan siyosiy voqea - O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bo'lib o'tdi. Har tomonlama yuqori saviyada, muqobillik asosida o'tgan bu saylov mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo'lida muhim, hal qiluvchi bosqich bo'lib, halqimizning o'z kuchi va salohiyatiga bo'lgan ishonchi naqadar mustahkam ekani, uning siyosiy-huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi, Vatanimiz taqdiri uchun dahldorlik hissi tobora ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi. Konstituciyamiz, milliy va halqaro huquq normalari, demokratik tamoyillar asosida o'tkazilgan ushbu saylovda saylovchilarning 90,39 foizi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Islom Abduganievich Karimovga ovoz berdi. Bunday yorqin galaba, hech shubhasiz, Islom Karimovning davlat rahbari sifatida O'zbekiston mustaqilligini ta'minlash, uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi strategik maqsad va vazifalarni hal etish yo'lidagi beqiyos hizmatlari, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning halqimiz tomonidan yuksak e'tirof etilgani va yakdillik bilan qo'llab-quvvatlanganidan dalolat beradi. Ushbu kitobdan davlatimiz rahbarining saylovoldi jarayonlaridagi 20 dan ziyod uchrashuv va anjumanlarda, jumladan, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari bilan uchrashuvlarda, ikkala palataning qo'shma majlisida, Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bagishlangan majlisida, Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasi homiylik kengashining yigilishida, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston liberal-demokratik partiyasining VII s'ezdida, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar saylovchilari vakillari bilan uchrashuvlarda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimidagi nutq va ma'ruzalarida, shuningdek, 9 may - Hotira va qadrlash kuni munosabati bilan ommaviy ahborot vositalariga bergan intervyusida bildirgan eng muhim, konceptual ahamiyatga ega goya va fikr-mulohazalari o'rin olgan. Davlatimiz va jamiyatimizning yaqin va uzoq istiqbolga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi aniq-ravshan belgilab berilgan ana shu chiqishlarda mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizaciya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko'tarish, uning iqtisodiy qudratini oshirish, ijtimoiy sohalar - ta'lim-tarbiya, ilmu fan, sogliqni saqlash, madaniyat va san'at, sport tizimini izchil rivojlantirish, ayollar, keksalar va yoshlarimiz uchun yanada qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish, har bir hudud va mintaqani ravnaq toptirishga doir yangi reja va ustuvor loyihalar, bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan keskinlik va qarama-qarshiliklarning mohiyati, turli taqdidlarning oldini olish, O'zbekistonning tashqi siyosat koncepciyasi to'grisidagi qarashlar har tomonlama puhta asoslangan holda bayon qilingan. Mazkur to'plamning bosh goyasini quyidagi so'zlarda mujassam bo'lgan eng muhim o'zak fikr tashkil etadi:"Biz o'tgan davrda amalga oshirgan ishlarimizga baho berar ekanmiz, "Kecha kim edigu bugun kim bo'ldik? degan savol asosida ularning mohiyati va ahamiyatini o'zimizga chuqur tasavvur etamiz. Ayni vaqtda "Ertaga kim bo'lishimiz, qanday yangi marralarni egallashimiz kerak? degan savol ustida o'ylashimiz, nafaqat o'ylashimiz, balki amaliy ishlarimiz bilan bunga javob berishimiz lozim. Ana shunday yondashuv asosida mamlakatimizning mustaqillik yillarida bosib o'tgan tarihiy yo'li teran tahlil qilinib, bu hayotiy savollarga chuqur va haqqoniy javoblar berilgani nashrning himmatini yanada oshiradi. Ushbu kitobni mutolaa qilar ekanmiz, har bir masalaga halqimizning milliy manfaati va yana bir bor milliy manfaati nuqtai nazaridan yondashish, teran qiyosiy-tahliliy mushohada, tarih, zamon va kelajakni bir butun dialektik hodisa sifatida ko'rish, har qanday mavzuda jo'shqin bahs va muloqotga tayyorlik - bularning barchasi mustaqil o'zbek davlatining asoschisi, dunyo miqyosida tan olingan yirik davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning siyosiy uslubiga hos bo'lgan yorqin hususiyatlar ekaniga ishonch hosil qilamiz. Ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy hayotimizda beqiyos ahamiyat kasb etadigan mazkur kitob hozirgi va ertangi kunimizning eng ustuvor yo'nalishlarini o'zida mujassam etib, yangi va yaqin tarihimizning hali biz to'la anglab etmagan ko'plab qirralarini kashf etishda, jamiyatimizning taraqqiyot falsafasini, mamlakatimiz va halqimiz kelajagi, uning ravnaqini belgilab berishda, ayniqsa, yoshlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim dasturilamal bo'lib hizmat qilishi shubhasiz.

 

dle