» » Qiziqarli va foydali mashgulotlar

Qiziqarli va foydali mashgulotlar

Barkamol avlod bolalar markazlarining ekologiya va olkashunoslik togaraklari azolari bu yilgi yoz mavsumida ham yurtimizning solim goshalariga sayohat qilib, noyob hayvonot va nabotot olami bilan tanishishi mumkin. 

Ayni paytda mamlakatimizdagi 200 dan ziyod Barkamol avlod bolalar markazi Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi "Ozbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi Maktabdan tashqari talim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga muvofiq faoliyat yuritmoqda. Ularda badiiy va texnik ijodkorlik, olkashunoslik va ekologiya boyicha yuzlab togaraklar ishlab turibdi.

Bolalar ongiga tabiatni sevish, asrab-avaylashni yoshligidan singdirib borish zarur, deydi Barkamol avlod respublika bolalar olkashunoslik va ekologiya markazi direktori L.Eshmirzaeva. Oquvchilar Vatanimiz tarixi va madaniy merosi, tabiiy boyliklarimizni organmoqda, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida bilimini boyitmoqda.

Bugungi kunda Barkamol avlod respublika bolalar olkashunoslik va ekologiya markazida 365 ogil-qiz shugullanmoqda. Bu yerda bolalarga botanika, biologiya, tabiatshunoslik va ekologiya boyicha bilimini boyitish va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga komaklashadigan turli togaraklar ishlab turibdi. Ushbu yonalishlarda yosh ekskursovod, olkashunos, ekolog, tabiatshunos, zoologlar hamda muzeyshunoslik togaraklari faoliyat korsatmoqda.

Har yili oquvchilar bilan birgalikda markaz hududida bezak uchun ishlatiladigan turli qovoqlar ekamiz, deydi ekodizayn togaragi rahbari S.Haydarov. Bolalar ularni parvarish qilish, terib olish, ishlov berish va quritishni organmoqda. Tayyorlangan mahsulotdan bolalar oz tasavvuri boyicha istagan buyumlarini yasamoqda. Ustaxonamizda bunday qovoqlardan yasalgan turli chiroqlar, yoritgichlar, devorga osiladigan va stol soatlari, bezatilgan vazalar va musiqa asboblarini korish mumkin.

Markazda har yili Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlarimizga ekskursiyalar tashkil etilib, bolalar ushbu shaharlarning diqqatga sazovor joylari, tabiat yodgorliklari, mustaqillik yillarida bunyod etilgan obyektlar bilan tanishmoqda. Shuningdek, togarak azolari turli sayohatlar, maxsus olkashunoslik va ekologik aksiyalar, boshqa tadbirlarda ham ishtirok etayotir.

Yoz mavsumida barcha viloyatlarda togarakshunos, olkashunos va boshqa mutaxassislar uchun trening hamda seminarlar otkaziladi. Masalan, otgan yili Chimyonda tashkil etilgan Eko 2015 eko-olkashunoslik oromgohida turli hududlardan kelgan bolalar dam oldi. Joriy yilda Barkamol avlod markazlari oquvchilari ortasida eng yaxshi ekologik loyiha tanlovi otkazilmoqda. Tanlov goliblari Eko 2016 eko-olkashunoslik oromgohiga yollanma oladi.

Markazda oquv-tarbiya ishlari takomillashtirilib, zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oqitishning yangi shakllari joriy etilmoqda, yangi oquv qollanmalari ishlab chiqilmoqda.

Joriy yilda Barkamol avlod respublika bolalar olkashunoslik va ekologiya markazi oquvchilari 11 xalqaro tanlovda golib boldi. Biz tinchlik uchun xalqaro yoshlar ekologik tanlov-korgazmasi, Qizil kitob yoshlar nigohida xalqaro tanlovi kabi tanlovlarda 7 sovrinli orinni egalladi.

Barkamol avlod markazlari bolalarning nafaqat qiziqarli va mazmunli dam olishi, balki jonajon tabiatga mehr qoyish, uni asrab-avaylash konikmasini shakllantirishga xizmat qiladigan maktabdir.
dle