» » Nutqingizdan manosiz tovushlarni olib tashlang

Nutqingizdan manosiz tovushlarni olib tashlang

Agar Million jamoasining songi konsertlariga etibor bersangiz, ular Mirjalol Qosimovning bergan intervyusidagi nutqida uchragan manosiz tovushlarni hajv qilishadi. Shaxsan ozim bu intervyuni kormaganman, lekin Million jamoasi yigitlarining hajviyasidan bildimki Mirjalol aka intervyuda "Oooo. Aaaaaa. Oooo. Bollada ayb yo, degan ekanlar. Bunday tovushlarning haqiqatda mavjudligini mana bu video rolikda ham sezishingiz mumkin.

Nafaqat Mirjalol Qosimov, balki juda kop amma oldida nutq sozlashga togri kelgan kishilarning nutqlariga etibor bersak, ular shunga oxshash manosiz, nutqni buzadigan, keraksiz tovushlarni chiqarishadi. Bu toshuvlarning berilishi sozlovchining nima deyishni bilmayotganini, gap topa olmayotganini yoki ortiqcha hayajonga berilganligini anglatadi. Albatta, nutqda bunday tovushlarni chiqarish mukammallik belgilariga putur yetkazadi, nutqni hunik qiladi va rasmiy intervyularda, murojaatlarda ishlatish hech qachon tavsiya etilmaydi.

Omma oldida nutq sozlash sanatida bunday manosiz tovushlarni olib tashlash juda muhim hisoblanadi. Professional notiqlar, omma oldida tez-tez nutq sozlaydigan, kasb taqazosi bilan rasmiy tarzda kop gapirishiga togri keladiganlar, ayniqsa TV va radio jurnalistlari oz nutqlaridagi keraksiz, hech qanday mano anglatmaydigan tovushlarni olib tashlash uchun har kuni mashq qilishadi.

Siz ham oz nutqingizdan gap kelmay qolganda, nimani gapirishni bilmay qolganingizda ozingiz bilmaganda aytib qoyadigan "Aaaaaaa.., "Oooooo, "Oooooo.. yoki "Mmmmm kabi tovushlarni umuman olib tashlashga urining. Ular 100% befoyda bolishi bilan bir qatorda 100% zararli! Befoydaligi shundaki, bu tovushlar hech qanday mano anglatmaydi. Zararliligi shundaki, bu tovushlar mano anglatishi mumkin bolgan qimmatli fikrlarning kelishidan tosib qoyadi, Sizni omma oldida gapira olmaydigan kishiga aylantirib qoyadi va nihoyat nutqingizdagi bu zararli tovushlar sababli Million jamoasining keyingi konsertidagi hajviyaga mavzu bolib qolishingiz ham hech gap emas :)

Xosh, nutqdagi manosiz tovushlarni qanday qilib olib tashlash mumkin? Ularning ornini nima bilan toldirgan maqul? Birinchi navbatda, nutqingizdagi bunday manosiz tovushlarning ornini jimlik bilan toldiring. Hammaning qarshisida gapirayotganingizda galati tovushlar chiqarib ingraganingizdan kora jim turganingiz maqul. Gap kelmay qolganda tovush chiqarmasdan, jim turishning afzalliklari:

 

  • keyingi aytmoqchi bolgan fikringizdan oldin bir oz dam olasiz;
  • professional notiq sifatida taasurot qoldirasiz;
  • nutqingiz boshqalar uchun qiziqarliroq tuyuladi;
  • jimlikda hamma navbatdagi gapingiz nima bolishini intiqlik bilan kutadi.

Nutq davomida gap kelmay qolgan vaqtlarda galati tovushlar chiqarishning orniga jim tura olish ham mashaqqatli ish. Gap kelmaganda jimlik saqlay olish konikmasiga qayta-qayta mashq qilish orqali erishish mumkin. Imkon qadar gapirayotganingizda oz nutqingizga etibor bering. Ortiqcha "Aaaaaaa.., "Oooooo, "Oooooo.. tovushlarini olib tashlang. Agar nutqingizdagi barcha keraksiz tovushlarni ozingiz sezmay qolayotgan bolsangiz, nutqingizni kuzatib borish va unda keraksiz tovushlarni sezganda Sizni xabardor qilish vazifasini doim yoningizda boladigan ortogingizga yuklatishingiz ham mumkin.

Bolaligimizda bitta galati oyin bor edi. Hozirgi bolalar shunday qilishadimi, yoqmi bilmadim. Bolaligimizda juft-juft bolgan oxshash (masalan, 16-16, 25-25, 71-71, 88-88, 44-44 yoki 15-15) raqamli mashinalarni korganimizda bir birimizning qolimizga nimadir deb urish odati bor edi. Bu urishlar toki sherigimiz osha raqamli mashinani topib, mashina raqamini aytmagunicha davom etardi.

Ingliz bolalarida ham shunday oyin turi bor ekan. U ingliz tilida "Slug bug! deb ataladi. Ular ham VolksWagen mashinasini korishganda bir-birlarini "Slug bug! deb urishar ekan:

 

Nutqingizdagi keraksiz tovushlarni olib tashlashni ozingiz eplay olmayotgan bolsangiz, dostingiz bilan huddi shu oyinni oynashga kelishib oling. Yani, Siz qachondir nutqingizda "Aaaaaaa.., "Oooooo, "Oooooo.. degan tovushlarni ishlatsangiz, jazo sifatida dostingiz Sizni urishini tayinlang :) Bunday holatda nafaqat nutqingizdagi keraksiz tovushlarning ishlatilmasligiga xushyor bolasiz, balki yaqiningizda turgan dostingizdan tosatdan kaltak yeb qolmaslik uchun ham nutqingizni keraksiz tovushlardan tozalaysiz.

Boshlanishida qiyin tuyulishi mumkin. Ammo nutqingizni keraksiz tovushlardan tozalashga astoyidil kirishib, doimiy mashqlar asosida ularni nutqingizdan olib tashlashga erishsangiz, har doim omma oldida chiroyli, ravon va professional tarzda gapiradigan bolasiz. Chiroyli gapiring.


dle