» » » Eng yaxshi insho mualliflari taqdirlandi

Eng yaxshi insho mualliflari taqdirlandi

Kinochilar uyida Toshkent viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan tadbir tashkil etildi. Unda poytaxt viloyati pedagoglari ortasida otkazilgan "Mustaqillik yillarida ta'limda erishilgan yutuqlar mavzusidagi insholar ko'rik-tanlovi golib va sovrindorlari taqdirlandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

So'zga chiqqanlar tanlov jarayoni haqida gapirar ekan, tashkil etilgan mazkur ijodiy bellashuv o'qituvchilarning vatanparvarlik tuyg'usini yanada mustahkamlab, ularning mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar haqidagi bilimini boyitish, ozaro fikr-mulohaza va tajriba almashish imkonini berganini alohida ta'kidladi.

Prezidentimiz "Yuksak ma'naviyat engilmas kuch asarida "Oz kelajagini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yoq, deya ta'kidlagan. Davlatimiz rahbarining bu kabi fikrlari doimo qulog'im tagida jaranglab turadi. Insho yozish jarayonida ozim faoliyat yuritayotgan Piskent tumanidagi 29-umumta'lim maktabida amalga oshirilgan ishlar, ozgarishlar, oqituvchi va oquvchilarimiz erishayotgan muvaffaqiyatlarga alohida e'tibor qaratdim. Ijodiy ishimni goliblikka munosib korishganidan juda hursandman. Bunday e'tirof yosh avlod ta'lim-tarbiyasida menga yanada gayrat-shijoat bagishlaydi, deydi Mahliyo Hidirova.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Korik-tanlov tashkilotchilari tomonidan eng yaxshi deb topilgan insho mualliflariga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi. Tadbir songida ishtirokchilar "Ozbekkino milliy agentligi tomonidan suratga olingan "Baron badiiy filmini tomosha qilishdi.



dle