» » Qat'iyatli yangi avlod

Qat'iyatli yangi avlod

Bugun ozining mustaqil fikriga ega, bir nechta xorijiy tillarni mukammal biladigan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalana oladigan, qisqacha aytganda, qat'iyatli yangi avlod hayotga dadil kirib kelmoqda.

Mazkur jarayonda uzluksiz ta'lim tizimining muhim bogini hisoblangan "Barkamol avlod Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazining alohida orni bor. Ushbu markaz yoshlarni ona-Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida voyaga yetkazish, kasb-hunarlarning boshlangich sir-asrorlarini o'rgatishda salmoqli hissa qoshayotir.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ayni paytda markazda 727 nafar ogil-qiz jalb qilingan 38 ta togarak faoliyat korsatayapti. Muassasamizda uzluksiz ravishda turli tadbirlar, korik-tanlov hamda ijodiy bellashuvlar tashkil etiladi. Shu yol bilan navqiron avlodning bilim olishga, kasb-hunar egallashga bolgan qiziqishlarini oshirib boramiz.

Qolaversa, markazimiz togaraklari a'zolari mamlakatimiz miqyosida uyushtirilayotgan qator korik-tanlovlarda muvaffaqiyatli qatnashib, oz iqtidorini namoyish qilayapti. Xususan, otgan yilning noyabr oyida "Yosh hunarmand korik-tanlovining final bosqichida zargarlik togaragi a'zosi Bunyod Mirzaxojayev, yogoch oymakorligi togaragi a'zosi Abdulla Ismatullayev faxrli birinchi orinni, mayda plastika togaragi vakili Kamron Xolmatov esa ikkinchi orinni egalladi.

Shu bilan birga, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni har tomonlama qollab-quvvatlashga xizmat qilayotgan "Kamalak yulduzlari bolalar ijodiyoti festivalida ham markazimiz a'zolari faol qatnashmoqda.

Oquvchi-yoshlarning san'atga, gozallikka bolgan muhabbatini yanada oshirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida markazimizda karving san'ati, ogil bolalar uchun raqs, drama, fortepiano hamda shaxmat togaraklari faoliyati yolga qoyilgan.

Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarni organish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida muassasamizda ingliz tili togaragi faoliyat korsatayotir. Bundan tashqari, joylardagi "Barkamol avlod bolalar markazlari uchun maxsus ingliz tili to'garagi o'quv rejasi loyihasi ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Oquvchilarning yozgi ta'tilini mazmunli hamda maroqli tashkil qilish uchun maxsus o'quv rejalarini ishlab chiqdik. Shunga kora, markazimizda bir qator yumushlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatining Bostonliq tumanida joylashgan "Mehribonlik oromgohida markazimiz tashabbusi bilan tuzilgan munchoqli bezak va mayda plastika togaraklari samarali faoliyat olib bormoqda.

Qisqacha aytganda, markaz ogil-qizlarning chinakam tarbiya maskaniga aylansin, deymiz. Zero, yoshlikda olingan bilim toshga oyilgan naqsh kabidir.


dle