» » » Toshkentdagi Inha universiteti Telegramda bot va alohida kanalni ishga tushirdi

Toshkentdagi Inha universiteti Telegramda bot va alohida kanalni ishga tushirdi

Qabul davrida abituriyentlarda universitet faoliyati borasida koplab savollarning paydo bolishini inobatga olgan holda, Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) Telegram servisida bot va alohida kanalni ishga tushirdi. Bu haqda Toshkent shahridagi Inha universiteti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bot yordamida obunachilar Toshkent shahridagi Inha universitetining faoliyati, infratuzilmasi, yangiliklari bilan tanishishi mumkin. Mazkur bot malumotlarni ozbek va ingliz tilida taqdim etadi. IUT kanali esa oz navbatida obunachilarni universitetning eng songgi yangiliklari va elonlari bilan tanishtirib boradi.Endilikda Telegram messenjeri foydalanuvchilari Telegram messenjerining qidiruv matnida @iutuz_bot sozini kiritib IUT botga, hamda @inha_uz sozini kiritib, kanalga obuna bolishlari mumkin.

Malumki, IUTga hujjatlarni topshirish joriy yilning 14-iyul kuni yakunlanadi. Shu munosabat bilan hujjat topshirayotgan abituriyentlarda koplab savollar paydo boladi. Agarda abituriyentlar universitetning bot va rasmiy kanaliga obuna bolsa ozlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob topishi mumkin.

IUTning boti va rasmiy kanali universitet talabasi Shaxzod Boxidjonov tomonidan "Telegram bot va IUT kanalini yaratish boyicha tanlov doirasida yaratildi. Tanlov IUT talabalari orasida otkazilib, golib Koreya Respublikasidagi Inha universitetining 2016-yil iyulavgust oylarida otadigan Yozgi maktabida bepul ishtirok etish huquqini qolga kiritdi.


dle