» » » Qirgizistonlik yosh ixtirochi internet sifatini yaxshilash usulini oylab topdi

Qirgizistonlik yosh ixtirochi internet sifatini yaxshilash usulini oylab topdi

Qirgizistonlik yosh ixtirochi Erjigit Imamov ozi ham kop toqnash kelgani sababli internetga ulanish bilan bogliq muammolarga barham beradigan antenna yaratdi. Buning uchun forumlar orqali katta hajmdagi malumotlarni ozlashtirishi va Moskvadagi tanish muhandis bilan boglanishi, oziga yordamchi topishiga togri keldi, deya hikoya qiladi K-News. 

Qurilmaga talab ortib borayotganiga qaramay, Erjigit uni ommaviy ishlab chiqarishga shoshilayotgani yoq va sonni emas, sifatni afzal kormoqda. Qizigi shundaki, antennalar oddiy garajda yigilmoqda. Sotilgan qurilmalar soni hali aytarli kop bolmasa-da, mamlakatning internet kuchsiz ishlaydigan viloyatlaridan tushayotgan buyurtmalar kopayib bormoqda. Shu bois ixtirochi kelgusida yordamchilari bilan garajdan katta va yorug sexga kochib otishni rejalashtirgan. "Biz 4G va 3Gda ishlay olishi uchun ikkita antenna tayyorladik. Ular muvaffaqiyatli chiqdi, qamrab olish hududidan olisda bolgan abonentlarni ham internetga ulash imkonini berdi. Antennalarimizni bazaviy stansiyalarga aniq yonaltirish zarurligi uchun ularga Korsatkich deya nom berdim. Birinchi antenna 2600 megagers, ikkinchisi esa ikki diapazon 1800 va 2100 megagersda ishlaydi, deydi ixtirochi. 

dle