» » » Odnoklassniki saytini bugunoq tark etishingizga 16 ta sabab

Odnoklassniki saytini bugunoq tark etishingizga 16 ta sabab

Bir necha yil avvalgiga nisbatan bugungi kunda internet foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlardagi ozlarining shaxsiy hayotlariga nisbatan bolayotgan tahdidni koproq his qilishmoqda. Songgi yillarda Facebook va Odnoklassniki kabi ijtimoiy tarmoqlardan oz profillarini butunlay ochirib tashlash istagida bolganlar soni ancha ortgan. Barcha foydalanuvchilarning ozlariga yarasha turli sabablari bolishiga qaramasdan eng asosiy sabab sifatida kishilar shaxsiy hayotining sirliligi va shaxsiyligiga bolgan tahdid olinayapti. Men kichik shaxsiy izlanishimni otkazdim va bugungi kunda Ozbekiston aholisining kopchiligi foydalanadigan Odnoklassniki saytining foydalanuvchilarga nisbatan salbiy jihatlarini topishga harakat qildim. Mening fikrimcha hoziroq Odnoklassnikidagi profilingizni butkul ochirib, bu ijtimoiy tarmoqni umrbod tark etishingizga quyidagi eng yaxshi, asosli sabablar bor:

1. SHAXSIYATINGIZ XAVF OSTIDA. Odnoklassniki saytida deyarli hamma narsa ochiqcha: rasmlaringiz, videolaringiz, shaxsiy yozishmalaringiz (fikr bildirishlarda), dostlaringiz, turli aloqalaringiz va mansubligingiz (guruhlar nuqtai nazaridan). Sizning bu malumotlaringizdan har qanday foydalanuvchi (eng daxshatlisi, kim ekanligini hech qachon bilolmay qolishingiz ham mumkin!!!) ozi istagan maqsadda foydalanishi mumkin. Odnoklassniki bilan Sizning barcha shaxsiy jihatlaringiz toliq ommaviy tusga kirgan.

2. VAQTINGIZ BEKORGA KETADI. Agar Odnoklassniki orqali biror jiddiy tijorat (masalan, biznesingizni reklama qilish, tarafdorlar orttirish va malum tashviqot olib borish) bilan shugullanmas ekansiz, bu saytda Sizning vaqtingiz samarasi 0 ga teng. Hoziroq bunday bekorchilikdan vos keching va foydaliroq biror ish bilan shugullaning. Bu Sizning hoziringiz va kelajagingiz uchun ancha foydali. "Vaqting ketdi naqding ketdi, degan maqol bekorga aytilmagan.

3. OILA AZOLARINGIZDAN YIROQLASHASIZ. Odnoklassniki Sizning vaqtingiz va etiboringizni oila azolaringizdan tortib oladi. Ijtimoiy tarmoqning turli kongilochar jihatlariga mukkasidan ketsangiz ozingiz uchun qadrli bolgan oila azolaringiz diydori, suhbati va mehridan bebahra qolishingiz mumkin. Shu orinda shaxsan ozim Odnoklassniki saytida oqigan bir status yodimga tushdi: "uyda svet ochib qoldi. Odnoklassnikiga kira olmay oila bilan bir dasturxon atrofida otirdim. Anchadan beri oilam bilan choy ichmagandim. Kop ozgarishlar bolib ketibdi. Opam turmushga chiqib ketibdilar. Dadam yangi ishga otibdilar. Buvim korinmaydilarmi?..

4. SABLIY OQIMLARGA TUSHIB QOLASIZ. Ijtimoiy tarmoqlarni garazli maqsadlarda ishlatayotgan guruhlar juda kop. Siz turli statuslarga klass bosish, guruhlarga qoshilish, muhokamalarda ishtirok etish asnosida ozingiz bilmagan holda qaysidir salbiy oqim girdobiga tushib qolishingiz mumkin. Unutmang, hozirgi vaqtda internetda mafkuraviy urush juda qizgin kechmoqda. Vayronkor goyalarga qul bolib qolmang!

5. MOLIYAVIY ZARAR KORASIZ. Hech bir jiddiy ish bilan shugullanmay, kun davomida ijtimoiy tarmoqlarda otirish bilan vaqtini bekor otkazadigan kishilar nafaqat biror foydali ish bilan shugullanib foyda korish imkoniyatidan cheklanishadi, balki turli keraksiz xarajatlarga ham tushib qolishadi. Ijtimoiy tarmoqlarning deyarli mano anglatmaydigan xizmatlarini harid qilishga mukkasidan ketish har qanday kishi uchun zarardan boshqa narsa emas.

6. SOGLIGINGIZNI YOQOTASIZ. Ijtimoiy tarmoqlarda soatlab "sayr qilish, bir joyda qotib otirish nafaqat tanangizdagi qon aylanishini sekinlashtiradi, balki harakatsizlik natijasida kelib chiqishi mumkin bolgan turli kasalliklarga ham sabab bolishi mumkin. Soatlab bitta displeyga tikilib otirish inson tanasidagi eng qadrli azolardan bolgan koz gavharining zaiflashuviga olib keladi. Hayotdagi har narsadan qimmatli bolgan sogligingizni ijtimoiy tarmoqlarning sohta kongilochar mashgulotlariga sotmang!

7. XAVFSIZLIGINGIZ KAFOLATLANMAGAN. Odnoklassniki sayti xavfsizlik jihatidan talabga javob bermaydi. Saytning hozirgacha ham yopilmagan "teshiklari juda kop. Agar bu ijtimoiy tarmoq qurilishiga mutaxassis web-usta kozi bilan qaray olganingizda edi, hech qachon shaxsiy malumotlaringizni bu qadar yomon himoyalangan serverga chiqarishga rozi bolmasdingiz.

8. ZEHNINGIZ OTMASLASHIB QOLADI. Bir daqiqaga ozingizni Odnoklassnikidan chetdagi kishi, deb tasavvur qiling-da, yozilayotgan muhokamalar, chop etilayotgan rasmlar va odamlarning bir-birlariga bolgan munosabatlarini kuzating. Birorta aqlli fikrni topa oldingizmi? Birorta manoli fotosurat bormi? Siz topa olgan aqlli fikrlar va manoli fotosuratlar saytda mavjud bolgan jami malumotlarning necha foizini tashkil etadi? Kishi har doim ozidan bir pogona yuqorida bolganlar jamoasiga qoshilishga harakat qilishi kerak. Ozingiz xulosa chiqaring.

9. HAYOTDAGI MAQSADLARINGIZGA ERISHA OLMAY QOLASIZ. Ijtimoiy tarmoqlarda vaqtingiz bekor otishi haqida yozdim. Shu bilan bir qatorda tarmoqlarga haddan ortiq boglanib qolish Sizni oz oldingizga qoygan, hayotdagi muhim maqsadlaringizni bajarishdan chalgitishi, tosib qolishi mumkin. Etiboringizni arzirli bolib korinayotgan ishdan olib, haqiqatdan ham arzirli bolgan ishga qaratishga urinib koring.

10. TURLI KONGILSIZ HOLATLARGA TUSHIB QOLISHINGIZ MUMKIN. Hozirda kopchilik ijtimoiy tarmoqlarga uyali telefonlar yordamida kiradi. Kochada, jamoat joylarida qol telefoniga (yoki boshqa bir mobil qurilmasiga) mahliyo bolgan holda kishi ozi bilmagan tarzda kongilsiz holatlarga tushib qolishi mumkin. Etiborning chalgishi natijasida jamoat joylarida atrofidagi kishilarga etiborsiz yurish naqadar xurmatsizlik bolishi mumkin bolsa, transport vositalari harakatlanadigan joylarda bu holatning mavjudligi shu qadar xavfli tus olishi ham mumkin.

11. SOGINMAYSIZ. Agar hoziroq Odnoklassniki saytidagi profilingizni butkul ochirib tashlasangiz ham bu ijtimoiy tarmoqda orttirgan birorta dostingizni hech qachon soginmaysiz. Chunki tarmoqda ham, haqiqiy hayotda ham birga bolgan dostlaringiz bilan boshqa vositalar yordamida hech qanday chegaralarsiz boglanishingiz mumkin boladi. Boshqa, faqat virtual olamda taniydigan "dostlaringizni esa unutasiz va hech qachon soginmaysiz. Sinab koring va buning qanchalik haqiqat ekanligini tushunasiz.

12. ODNOKLASSNIKI SIZNI BAXTSIZ QILADI. Bu gap qizlarga qanchalik taluqli bolsa, yigitlarga ham shunchalik taluqli. Har kim bu gapdan ozi istagancha manoni ajratib olaversin. Men anglatmoqchi bolgan mano esa quyidagicha: Odnoklassniki tarmogi statuslar va "chiroyli, hikmatli sozlar yozilgan rasmlarga tola. Shaxsiy kuzatishlarim natijasida bu malumotlarning 80% va undan koproq qismi oqiganingizda Sizni gamgin, yoki hatto baxtsiz his qilishingizga majbur qiladi. Ishonmasangiz, ozingiz etibor berib koring!

13. ODNOKLASSNIKIGA ISHONCH YOQ. Siz hech qachon Odnoklassnikiga shaxsiy malumotlaringizni kafolatli tarzda ishona olmaysiz. Men yuqorida aytilgan xavfsizlik "teshiklari va shaxsiyatingizning daxlsiz emasligi haqida gapirmayapman. Aytmoqchi bolganim shuki, Odnoklassniki mamurlari Sizning malumotlaringiz, shaxsiy, hatto sirli xabarlaringizdan qay yosinda foydalanishi mumkinligini hech qachon bila olmaysiz. Ijtimoiy tarmoqda Sizning shaxsiy hayotingiz hech qanday asos bilan himoyalanmaydi.

14. ODNOKLASSNIKI SIZNI KUZATAYAPTI. Har safar statuslaringiz soni malum miqdorga yetsa, yoki malum darajada ball toplay olsangiz, nechtadir video yuklasangiz, qaysidir muhokamada koproq qatnashsangiz Odnoklassniki Sizga "sovga sifatida malum darajani taqdim etadi. Ammo, hech oylab korganmisiz, tarmoq Sizni avtomatik tarzda, har bir qadamingizni kuzatib bormayaptimi? Shaxsan menga shunday tuyuladi va bu kuzatish kelajakda boshqa harakatlarimni ham kuzatish sifatida foydalnilishiga asos bolishi mumkinligi menga hech ham yoqmaydi.

15. HECH KIM SIZ BILAN QIZIQMAYDI. Kopchilikning dostlari orasida hech qachon u kishini tanimagan, bilmagan va hatto biror marta ham gaplashib kormagan virtual dostlari bor. Hamma ijtimoiy tarmoqda oz maqsadida foydalanadi. Ammo bor haqiqat shuki, Odnoklassnikida hech kim hech qachon Sizga etibor bermaydi. Hech kim Siz bilan qiziqmaydi. Balki ularga Sizning rasmingiz kerakdir. Balki boshqa maqsadda Sizdan foydalanishmoqchidir. Lekin, yodingizda bolsin, ijtimoiy tarmoqda hech kim Siz bilan jiddiy qiziqmaydi.

16. IJTIMOIY TARMOQ ILM DUSHMANI. Men har doim kishilarni ilm olishga, nimadir organishga ruhlantirish uchun harakat qilishni xohlayman. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoq tizimlarining har qancha mukammallik darajasiga erishishi aytilmasin, har qanday holatda ham ular ilm dushmani sifatida oz ornini saqlab qolaveradi. Odnoklassniki bilan birgalikda hech qachon ilm organish mumkin emas: u yerda Sizni nimadir yoki chalgitadi, yoki yoldan uradi, yoki toxtatib qoladi. Azamat.uz sayti koproq abituriyentlar uchun, ilm organuvchi yoshlar uchun malumotlarni jamlashga harakat qilayotganligi uchun ilm organish yoshidagi bolganlarga alohida takidlamoqchiman: imkon qadar Odnoklassniki (va boshqa ijtimoiy tarmoqlar)dan chiqib keting. Hayotda oz orningizni topganingizdan song virtual olamda sayr qilishga hali ulgurasiz.

Har kimning oz tanlovi bor. Har kim oz yolini ozi tanlaydi.

dle