» » Ozini etarlicha qadrlamaslikka olib keluvchi 5 odat

Ozini etarlicha qadrlamaslikka olib keluvchi 5 odat

Ozini etarlicha qadrlamaslik bilan bogliq muammolar kopincha boshqa muammolarni keltirib chiqaradi: uyatchanlik, ishonchsizlik, jamoa bilan kelisha olmaslik.
Etiboringizga ozini etarlicha qadrlamaslikdan dalolat beruvchi 5 odatni havola qilamiz, ular haqida bilib oling va ulardan xalos bolishga harakat qiling. 
1. Taqqoslash odati

Ozini etarlicha qadrlamaslikka olib keluvchi 5 odat

 Ozini boshqalar bilan taqqoslash va ularga pastdan tepaga qarash odati qaramlik belgisi. Ozini boshqalar orqali baholash haqiqiy ozlikni hech qachon anglamaslikka olib kelishi mumkin. Agar siz oz hayotingiz boshqaruvini qolga olmasangiz, sizning orningizga buni uddalaydigan kimsalar topiladi. 


2. Raqobatlashish odati

Ozini etarlicha qadrlamaslikka olib keluvchi 5 odat

 Kimdandir yaxshiroq bolishga intilish ozini boshqalardan yomonroq his qilish va buning aksini isbotlashdan kelib chiqadi. Kamsitilgan shaxsiyat - yagona ragbatingiz bolar ekan, siz quvlashmachoq oynab yashayverasiz. Zero, doimo qaysidir jihati bilan sizdan-da yaxshi insonlar paydo bolaveradi. 


3. Umid qilish odati

Ozini etarlicha qadrlamaslikka olib keluvchi 5 odat

 Ozingizga ishonishdan voz kechib, siz kimdandir umid qilib yoki nimanidir kutib yashaysiz. Har doim biror nimani kutasiz va hattoki uning nimaligini ozingiz ham bilmaysiz. 


4. Etirof izlash odati

Ozini etarlicha qadrlamaslikka olib keluvchi 5 odat

 Oz qadrini bilmagan kishilar tashqaridan baho qidirishadi. Bazi insonlar birovlarning tan olishini istab, ozi xohlagan ishni emas, balki etirof etilishiga sabab boladigan ishni bajarishadi. Biroq shaxsiyat toyish nimaligini bilmaydi. Bunday tor doiradan faqatgina ichki ruhiyatdan kelib chiqadigan ozlikni anglash orqali chiqib ketish mumkin. 


5. Manipulyatsiya qilish odati

Ozini etarlicha qadrlamaslikka olib keluvchi 5 odat

 Oz kuchiga ishonmagan inson oz maqsadlariga erishish uchun boshqalar kuchidan foydalanadi. Ular xohlasa-xohlamasa, manipulyatorga aylanadi. Bunday kishilar rahm-shafqatga bosim otkazishadi, vijdonli bolishga chorlashadi va aybdorlik hissi bilan oynashishadi.


dle