» » Muallim birovning ustidan kulish nimaga olib kelishini bolalarga tushuntirishning ajoyib yolini topdi

Muallim birovning ustidan kulish nimaga olib kelishini bolalarga tushuntirishning ajoyib yolini topdi

Bugun men darslarga ikkita chiroyli qizil olma bilan keldim. Bolalar buni korishmadi, olmalardan birini qayta-qayta polga otdim, korinishidan ikkala olma ham bir xil edi.  
Men polga tashlangan olmani qolimga olib, uning naqadar xunukligi - qiyshiqligi, rangining sovuqligi haqida gapira boshladim. Keyin bolalardan menga qoshilib, olmani yomonlashni soradim. Uni har nima deb haqorat qildik: "Sassiq olma", "Seni kim ham egisi kelardi" va h.k.  
Ikkinchi olmani qolimga oldim va uni maqtay boshladik: "Sen ajoyib olmasan", "Sening pochoging ham havas qilgudek", "Ranging naqadar chiroyli" va h.k.
Shundan song bolalarga ikkala olmani ham korsatdim - ularni tashqi korinishidan ajratib bolmasdi. Biroq men pichoq bilan ikkala mevani ikki bolakka ajratdim: birining ichi tekis, chiroyli; yomon sozlar bilan haqorat qilingan ikkinchi olmaning ichi esa doglarga tola edi. 

Muallim birovning ustidan kulish nimaga olib kelishini bolalarga tushuntirishning ajoyib yolini topdi

 

Oylashimcha, shu payt bolalarning miyasida birdaniga "chiroqlar yoqilgan".
Hayotda ham xuddi shunday: insonlarni haqorat qilib, ularga yomon gaplar gapirsak, ularning qalbiga ogriq va ozor etkazamiz - xuddi olmadagi doglar kabi. Kop insonlar ana shunday adolatsizlikka duch kelib, kongillaridan nimalar otayotganini korsatishmaydi. Inson tashqi korinishidan baxtli va quvnoq bolishi mumkin, biroq ichida kimlardir bergan ozor tufayli juda kop ogriqlari boladi.
 Bizda buni togrilash imkoni bor. Biz oz farzandlarimizga qabih va ozor etkazuvchi sozlarning qanday zarar etkazishini korsatib bera olamiz. Biz farzandlarimizga bir-birini himoya qilishni, mehrli bolishni orgata olamiz. Soz bilan urib bolmas, ehtimol, biroq u bilan yurakni jarohatlash oson. Shunday ekan, gapirayotgan gapingizni oylab gapiring va birovning diliga ozor etkazmang! Farzandlaringizga ham shuni orgating!
dle