» » Jahonning eng mitti davlatlari

Jahonning eng mitti davlatlari

Jahon siyosiy xaritasida 250 ga yaqin mustaqil davlat bor. Shulardan 193 tasi BMTga azo bolib kirgan. 250 ta davlatning orasida xalqaro maydonda oz aytar sozi bolgan qudratlilari ham bor. Bu kabi davlatlar er maydoni va aholisi soni boyicha ham yirik mamlakat hisoblanadi. Yirik va qudratli davlatlar qatorida jahon xaritasida kichik mamlakatlar ham topiladi. Aholi soni oz, hududi kichik bolishiga qaramay, kichik davlatlar orasida jahon siyosatida muhim rol oynovchilari xam bor.

Jahonning eng mitti davlatlari

 Bu kabi davlatlar sirasiga Vatikanni kiritish mumkin. Bugun biz eng kichik davlatlar haqida qisqacha malumot berishga harakat qilamiz.

Jahonning eng mitti davlatlari

 Karib dengizida joylashgan Grenada davlatining hududi 344 kvadrat kilometr bolib, poytaxti Sent-Jorjes shahridir. Mamlakat aholisi 89 ming 502 kishidan iborat. Davlat tuzumi konstitutsion monarxiya hisoblanadi. Grenada ilk bor 14-asrda Kolumb tomonidan kashf qilingan. Ayni damda qishloq xojaligiga katta etibor berilmoqda. Asosan banan, tsitrus mevalar, yongoq etishtirilib, boshqa davlatlarga eksport qilinadi. Grenada offshor hududi bolgani bois, moliyaviy xizmatlar tufayli har yili mamlakat xazinasiga 7,4 million dollar kelib tushadi.

Jahonning eng mitti davlatlari

 Hind okeanidagi 1 ming 100 ta oroldan iborat Maldiv Respublikasining poytaxti Male shahri bolib, bu mamlakatda 393 ming kishi yashaydi. Mamlakat aholisi, asosan, baliqchilik bilan shugullanadi, ammo Maldiv orollari jahondagi eng yaxshi kurort hisoblangani bois iqtisodiyotining katta qismi xizmat korsatish sohasiga qaratiladi. Yalpi Ichki mahsulotiining 28 foizi xizmat korsatish hissasiga togri keladi. Noyob tabiati va iqlimi bois sayohlarning sevimli maskaniga aylangan. Bu erda hayvonlarning hovlilari deyarli uchramaydi.

Jahonning eng mitti davlatlari

 Sent-Kits va Nevis davlati Karib dengizi sharqida joylashgan. 50 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan bu davlatning poytaxti Baster shahridir. Federatsiya korinishidagi Sent-Kits va Nevis mamlakati ikkita oroldan tashkil topgan. Iqlimi tropik bolib flora va faunasi juda ham boy. Turizm rivojlangan. Yalpi Ichki mahsulotining 70 foizini turizm tashkil qiladi. Qishloq xojaligini taraqqiy etgan deb bolmaydi.

Jahonning eng mitti davlatlari

 Marshall orollarining poytaxti Madjuro shahri bolib, bu mamlakat aholisi 53 ming kishidan oshadi. Tinch okeanidagi mazkur mamlakatda 29 atolla va 5 ta orol bor. Iqlimi rang-barang bolib, janubi tropik, shimoli esa yarimcholdir. Flora va faunasiga inson omili tasir korsatgan. Bu erda 1954 yilda yadro sinovlari otkazilgan. Shu sababli ham bu mamlakatda osimliklarni kamdan kam uchratasiz. Iqtisodiyoti, asosan, xizmat korsatishga yonaltirilgan. Qishloq xojaligida etishtiriladigan mahsulotlar ichki ehtiyojni qoplaydi.

Jahonning eng mitti davlatlari 

Garbiy Evropadagi Avstriya va Shvetsariya bilan chegaradosh Lixtenshteyn davlatida 37 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Poytaxti Vaduts shahri. Kichik bolishiga qaramay bu mamlakat juda ham gozaldir. Lixtenshteyn knyazligi texnologik jihatdan ancha taraqqiy etgan. Mamlakatda aniq priborsozlik rivojlangan. Shuningdek, Lixtenshteyn jahondagi eng yirik moliya markazlaridan biri sanaladi. Bank xizmati ancha taraqqiy etgan. Aholi turmush farovonligi ham yuqori darajada.

Jahonning eng mitti davlatlari

 

San-Marino davlatida 32 ming aholi yashaydi. Evropaning janubiy qismida joylashgan mazkur mamlakat Italiya bilan chegaradosh. San-Marino jahoning nafaqat kichik davlati, balki Evropadagi eng qadimiy davlat hisoblanadi. Bu davlatga eramizning 3-asrida asos solingan. Poytaxti San-Marino shahri bolib Monte-Titano togida joylashgan. Bu tog va u erdagi qadimiy binolar YuNESKO tomonidan Insoniyatning madaniy merosi royxatiga kiritilgan.

Jahonning eng mitti davlatlari

 

Aholisi 11 ming kishidan sal oshadigan Tuvalu davlatining poytaxti Funafuti shahridir. Bu davlat Tinch okeanidagi atolla va orollardan tashkil topgan. Iqlimi tropik. Mavsumga qarab yogingarchilik va qurgoqchilik bolib turadi. Ayrim hollarda orol orqali vayrona keltiruvchi tsiklonlar otadi. Okeaniyadagi boshqa davlatlar singari Tuvaluning iqtisodiyoti davlat sektoriga tayanadi, ayrim hollarda qishloq xojaligi va baliqchilikka qaratilgan.
 

Jahonning eng mitti davlatlari

 

Tinch okeanidagi Nauru davlatining rasmiy poytaxti yoq. Hukumat Yaren okrugida faoliyat yuritadi. Mamlakat aholisi 10 ming kishidan iborat. Nauru eng kichik davlatlar royxatida uchinchi orinda turadi. Mamlakatda, asosan, fosforit etkaziladi. Turizm deyarli rivojlanmagan. Tabiati juda ham ifloslangan.

Jahonning eng mitti davlatlari

 

Monako davlatining aholisi 36 ming kishidan iborat. Poytaxti ham Monako deb yuritiladi. Frantsiya bilan chegaradosh bolgan mazkur mamlakat kazinolari bilan mashhur. Shuningdek bu mamlakatda sport ishqibozari juda kop. Formula I chempionatlari otkazib turiladi. Turizm daromad keltiruvchi tarmoqlardan biridir. Monakoda soliqlar eng kam bolib, bank siri mutloqo maxfiy saqlanadi. Monako qurolli kuchlari saflarida 82 nafar harbiy xizmatchi bor. Ammo harbiy orkestrda esa 85 kishi mehnat qiladi.

Afrika qitasida eng kichik mamlakat sifatida Seyshel orollari tan olinadi. Shimoliy Amerikada esa Sent-Kits va Nevis davlati koriladi. Janubiy Amerikada esa Surinam eng kichik mamlakat ekani aytiladi. Buyuk Britaniya sohillaridagi Silend davlatining mustaqilligi biror bir mamlakat tomonidan tan olinmagan. Shu sababli ham bu davlatni eng kichik mamlakatlar royxatiga kiritib bolmaydi. 

dle