» » MUSTAQILLIGINING YIGIRMA BESH YILLIK BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KORISH VA UNI OTKAZISH TOGRISIDA

MUSTAQILLIGINING YIGIRMA BESH YILLIK BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KORISH VA UNI OTKAZISH TOGRISIDA

OZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING YIGIRMA BESH YILLIK BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KORISH VA UNI OTKAZISH TOGRISIDA

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 

Shu kunlarda xalqimiz Vatanimizning kop asrlik shonli tarixida mutlaqo yangi davlat, yangi jamiyat barpo etish yolini ochib bergan buyuk tarixiy voqea Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish va tantanali ravishda nishonlash uchun har tomonlama qizgin tayyorgarlik kormoqda. 

Biz uchun haqiqatan ham eng ulug, eng aziz ayyom bolgan bu qutlug sana otgan tarixan qisqa davrda bosib otgan goyat ogir va murakkab, shu bilan birga, sharafli yolimizni, amalga oshirgan keng kolamli islohotlarimiz samarasini, qolga kiritgan ulkan marra va yutuqlarimizni tanqidiy koz bilan sarhisob qilish, oldimizga qoygan oliy maqsad eng taraqqiy topgan davlatlar qatoriga kirish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishda, hech shubhasiz, muhim ahamiyat kasb etadi. 

Biz bundan 25 yil oldin oz mustaqilligimizni qolga kiritib, avvalo milliy davlatchiligimizni tiklaganimiz, jahondagi mustaqil va suveren davlatlar qatoridan munosib orin egallaganimiz, ozini oqlamagan eski, mustabid tuzumdan butunlay voz kechib, chuqur oylangan, milliy manfaatlarimizga tola javob beradigan islohotlarga asoslangan, butun dunyoda "ozbek modeli degan nom bilan tan olingan taraqqiyot strategiyasini amalga oshirganimiz bugungi kunda biz tanlagan, ozimizga xos va ozimizga mos rivojlanish yolining naqadar togri va hayotiy ekanini tasdiqlab bermoqda. 

Buning amaliy isbotini mamlakatimizning qudrati va iqtisodiy salohiyati tobora ortib, yalpi ichki mahsulotimizning osish suratlari oxirgi 11 yil davomida jahondagi sanoqli davlatlar qatorida 8 foizdan kam bolmasdan kelayotganida, aholimizning hayot darajasi va sifati yuksalib borayotganida yaqqol korish mumkin. 

Kopni korgan, mehnatkash va olijanob xalqimizning mardligi va matonati evaziga erishayotgan bunday marra va natijalar Vatanimizning obrosini yanada yuksaltirib, kopchilik mamlakatlarni qoyil qoldirayotgani va ularning havasini uygotayotganini kuzatish qiyin emas. 

Oldin tasavvur qilish ham qiyin bolgan bunday olamshumul natijalarning asosiy omilini avvalambor taraqqiyot yolimizda tosiq bolgan turli qiyinchilik, etishmovchilik, ogir va mashaqqatli sinovlarni engib otishda odamlarimiz, butun xalqimizning dunyoqarashi, mehnatga, hayotga munosabati ozgarib, ularning siyosiy ongi, ijtimoiy faolligi, yon-atrofdagi voqealarga daxldorlik hissi tobora kuchayib borayotganida korish darkor. 

Eng muhimi, ertangi kunimizning tayanchi va suyanchi bolmish yosh avlodimizning yangicha, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, shu yurtning haqiqiy egasi, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun masuliyatni oz zimmasiga olishga qodir insonlar bolib voyaga etayotganini alohida takidlash zarur. Ayni shunday yoshlarni, aytish mumkinki, hal qiluvchi kuch sifatida tayyorlashni ozimizning ustuvor vazifamiz deb kun tartibiga qoyganimiz vaqt otishi bilan naqadar uzoqni kozlagan tarixiy qadam bolgani tobora ayon bolmoqda. 

Mamlakatimiz tarixida yangi sahifa ochgan Ozbekistonimiz mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish, otgan davr mobaynida ona yurtimiz, barcha viloyat, shahar va qishloqlarimizning qiyofasi tobora ochilib, gozal bolib borayotganini, shu zaminda yashayotgan insonlarning kayfiyati, bugungi hayotdan roziligini, ertangi kunga ishonchini, barcha sohalarda amalga oshirayotgan keng kolamli ishlarimizning mohiyati va ahamiyatini yurtimiz va jahon jamoatchiligiga etkazish, vatandoshlarimizni yangi marralar sari ruhlantirish maqsadida: 

1. Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

2. Respublika komissiyasi bir hafta muddatda "Gozal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Ozbekistonim! degan bosh goyani ozida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, manaviy-marifiy tadbirlar hamda targibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqsin. 

3. Mazkur dasturni tayyorlashda quyidagi ustuvor yonalishlarga alohida etibor qaratish tavsiya etilsin: 

mustaqillik hayotimizning mano-mazmunini tubdan ozgartirib, xalqimizni qaramlik kishanlaridan ozod qilgani, toptalgan qadriyatlarimiz, dinu diyonatimiz, oru nomusimizni tiklash, ozligimizni anglash, farovon hayot va yorug kelajagimizni oz qolimiz bilan qurish yolida beqiyos imkoniyatlar ochib berganini keng yoritish; 

mamlakatimiz suverenitetining iqtisodiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan eng muhim strategik dasturlar, jumladan, Ozbekistonning galla mustaqilligi, yoqilgi-energetika, transport-kommunikatsiya sohasidagi mustaqilligini taminlash, iqtisodiyotimizda tarkibiy ozgarishlarni amalga oshirish, zamonaviy korxonalar barpo etish va ularni ilgor texnika va texnologiyalar bilan jihozlash borasidagi ulkan ishlarning mano-mazmunini aniq misollar orqali korsatib berish; 

yurtimizning ilgarigi qoloq, iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan, paxta yakkahokimligi halokatli darajada avj olgan agrar olkadan bugungi kunda izchil taraqqiy etib borayotgan zamonaviy industrial mamlakatga aylanganini chuqur tahliliy asosda talqin qilish. Bu borada iqtisodiyotda sanoatning ulushi 34 foizga etgani, eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi 70 foizdan ziyodni tashkil etayotgani kop narsadan dalolat beradi. Bugungi kunda iqtisodiyotimizda etakchi orinni egallab kelayotgan neft va gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, avtomobilsozlik, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yol mashinasozligi, maishiy elektronika, farmatsevtika, yuqori texnologiyalarga asoslangan oziq-ovqat va toqimachilik sanoati kabi soha va tarmoqlarning jadal rivojlanayotgani bilan bogliq fakt va raqamlarga alohida urgu berish; 

mustaqillik yillarida iqtisodiyotimiz qariyb 6 barobar, aholi jon boshiga togri keladigan real daromadlar 12 barobardan ziyod oshgani, oltin-valyuta zaxiralarimiz barqaror suratlar bilan kopayib borayotgani misolida keng kolamli iqtisodiy islohotlarimizning amaliy samarasini korsatish; 

oldimizga qoygan yuksak marralarga erishish yolida mamlakatimizning xalqaro maydonda raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiyotimizni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan taraqqiyotimizning lokomotivi bolgan etakchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish, iqtisodiyotimizda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirib borish, Konstitutsiyamizda kozda tutilgan xususiy mulkning ustuvorligini taminlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining samarasini yanada kuchaytirish kabi ota muhim yonalishlarning ahamiyatini jamoatchiligimizga, xalqimizga sodda va tasirchan usullarda etkazish. Jumladan, 2030 yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini ikki barobardan ziyod kopaytirish, iqtisodiyotimiz tarkibida sanoatning ulushini 40 foizga etkazish boyicha belgilab olingan aniq reja va dasturlarni amalga oshirish uchun, hali-beri davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy tasirlariga qaramasdan, qatiyat bilan ilgarilab borishimizga asos bolayotgan mezon va omillarning mohiyatini ochib berish; 

qishloq xojaligi sohasida mutlaqo yangi iqtisodiy munosabatlar joriy etilib, fermerlik harakati uchun katta imkoniyatlar yaratilgani, hozirgi kunda fermer xojaliklari qishloq xojaligi mahsulotlarining 90-92 foizini etkazib berish bilan birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy harakatga va etakchi kuchga aylanib borayotganini keng yoritish; 

yurtimiz aholisining asosiy oziq-ovqat tovarlari, avvalo don, kartoshka, gosht, sut va qandolat mahsulotlariga bolgan ehtiyoji 1990 yilda import hisobidan qoplangan bolsa, hozirgi vaqtda ularning 96 foizi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotganini; 

otgan davr mobaynida aholi jon boshiga gosht istemoli 1,4 barobar, sut va sut mahsulotlari 1,5 karra, kartoshka 1,9 marta, sabzavot 2,6 barobardan ortiq, meva 6,3 marta kopaygani va boshqa hayotiy misollarni mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning mustahkam poydevori sifatida aks ettirish; 

mustaqillikka qadar yurtimizda umuman mavjud bolmagan, bugungi kunda esa jamiyatimizning qudratli tayanchiga aylanib borayotgan orta sinf mulkdorlar sinfining jadal rivojlanib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 56,5 foizga etgani, ayni shu tarmoqda ish bilan band aholining 77,9 foizi mehnat qilib, mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qoshayotganini tahliliy asosda korsatish; 

jamiyatimiz hayotini butunlay ozgartirgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab talimini rivojlantirish va boshqa umummilliy dasturlarimizni amalga oshirish natijasida mamlakatimizda on ikki yillik majburiy va bepul, umumiy va orta maxsus talim tizimiga, ikki bosqichli oliy talim tizimiga asos solinib, zamonaviy yangi avlod kadrlarini tarbiyalash uchun mustahkam poydevor yaratilgani Ozbekistonimizning jahon maydonida raqobatdoshligini taminlashning ishonchli zamini bolib xizmat qilayotganini teran ifoda etish; 

biz uchun ota muhim bolgan sogliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sanat, sport sohalarini rivojlantirish, keksa avlod vakillari, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy etibor va gamxorlik korsatish, ularning huquq va manfaatlarini taminlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish uchun amalga oshirilayotgan ulkan ishlarga alohida ahamiyat berish. Jumladan, davlat byudjetimizning sotsial sohalarga yonaltirilgan yillik xarajatlari izchil oshib borayotganini, birgina 2015 yilda ushbu raqam 60 foizdan ortganini bu boradagi keng kolamli islohotlarning mantiqiy natijasi sifatida korsatish; 

yosh avlodimizni soglom va barkamol insonlar etib tarbiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining mohiyatini, xususan, Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasi mablaglari hisobidan barcha viloyat, shahar va tumanlarimizda 300 ga yaqin musiqa va sanat maktablari, 1 ming 900 dan ziyod sport inshootlari bunyod etilgani, songgi on yilda bolalar va osmirlar ortasida sport bilan muntazam shugullanish darajasi 30 foizdan 57 foizga, qizlar ortasida 24 foizdan 47 foizga etgani va boshqa misollar asosida ana shunday amaliy ishlarimizning ahamiyatini atroflicha yoritib berish; 

yurtimiz mustaqilligi, uning xavfsizligi va hududiy yaxlitligining ishonchli kafolati bolgan Qurolli Kuchlarni isloh qilish va milliy armiyamizning salohiyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan, kolami va miqyosiga kora ulkan ozgarishlar boyicha keng tushuntirish ishlarini olib borish; 

bugun biz boshimizdan kechirayotgan ota tahlikali zamonda, yon-atrofimizda turli tahdid va xatarlar kuchayib borayotgan bir sharoitda eng katta va bebaho boyligimiz bolgan tinchlik va osoyishtalikni koz qorachigidek asrash, millatlar va fuqarolararo dostlik va hamjihatlik, ozaro hurmat va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, doimo hushyor va ogoh bolib, tinchlik uchun kurashib yashash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini chuqur ochib berish; 

Ozbekistonning xalqaro maydonda olib borayotgan, yaqin va uzoq qoshni mamlakatlar bilan dostona aloqalar, ozaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan tashqi siyosatini, dunyoning turli mintaqalarida yuz berayotgan qarama-qarshilik va toqnashuvlarni faqatgina siyosiy muzokaralar, tinchlik yoli bilan hal etish haqidagi yondashuv va qarashlarining mazmun-mohiyatini atroflicha yoritish. Xususan, mamlakatimizning hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qoshilmasligi, yurtimiz hududida chet davlatlarning harbiy bazalari joylashtirilishiga, harbiylarimizning xorijiy mamlakatlardagi jangovar operatsiyalarda qatnashishiga yol qoymaslik boyicha qonuniy asosda belgilab olingan qatiy pozitsiyasini keng jamoatchilikka etkazish. 

4. Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yillik bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha respublika komissiyasi tomonidan Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bagishlab aholining keng qatlamlari ortasida uchrashuv va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar otkazish maqsadida taniqli olimlar, adiblar va sanatkorlardan iborat manaviy-marifiy targibot guruhlari tashkil etilsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishi taminlansin. 

5. Bayram tantanalari arafasida foydalanishga topshiriladigan ishlab chiqarish, ijtimoiy-madaniy obektlarni oz vaqtida ishga tushirish choralari korilsin. 

6. Respublika komissiyasi oz yigilishlarida belgilangan chora-tadbirlar markazda va joylarda qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlari hisobotini muntazam ravishda eshitib borsin. 

7. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi "Ozbeknavo estrada birlashmasi, "Ozbekkino milliy agentligi, Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi, "Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati, "Mahalla xayriya jamoat fondi, Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy goya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, "Tasviriy oyina, Yozuvchilar va Bastakorlar uyushmalari, Badiiy akademiya va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda "Istiqlol farzandlari va "Kelajak bizniki, marra bizniki! deb nomlangan yoshlar festivallarini, "Ozbekiston umumiy uyimiz respublika dostlik va madaniyat festivalini, "Milliy goya bizning goya ilmiy-amaliy anjumanini, shuningdek, yurtimiz mustaqilligini tarannum etadigan eng yaxshi qoshiq va musiqa asarlari uchun "Yagonasan, muqaddas Vatan! respublika tanlovining yakuniy bosqichini hamda "Eng ulug, eng aziz, "Vatan uchun yashaylik!, "Ranglar jilosida ona diyor madhi, "Seni kuylaymiz, zamondosh!, "Istiqlol solnomasi, "Bu mening Vatanim kabi ananaviy korik-tanlovlarning yuqori darajada otkazilishini taminlasin. 

8. Belgilab qoyilsinki, otkaziladigan bayram tadbirlari: 

Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda xayriya mablaglari hisobidan; 

Toshkent shahrida respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablaglari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi. 

9. Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi, "Jahon axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mustaqillikning yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin. 

10. Mazkur qarorning ijrosini taminlash Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoev zimmasiga yuklansin. 


Ozbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.Karimov 

Toshkent shahri, 
2016 yil 2 iyun 


dle