» » » Soglom xalq, soglom millat buyuk ishlarga qodir boladi

Soglom xalq, soglom millat buyuk ishlarga qodir boladi

Soglom xalq, soglom millat buyuk ishlarga qodir boladi

 

Prezidentimiz Islom Karimov raisligida 11-fevral kuni Oqsaroyda Ozbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasi Homiylik kengashining navbatdagi yigilishi bolib otdi

Davlatimiz rahbari Jamgarma tashkil etilganidan buyon, xususan, 2015-yilda amalga oshirilgan ishlar va ularning ahamiyati togrisida atroflicha fikr yuritdi.

Biz katta orzu-niyatlar bilan 2002-yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasini tashkil etgan edik, dedi Yurtboshimiz. Mana, oradan 14-yil otdi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugun biz nafaqat 2015-yilda, balki ana shu otgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlarimizga ham toxtalsak orinli boladi. Bolalar sportini rivojlantirish, uni davlat siyosati darajasiga kotarish maqsadida maxsus Jamgarma tashkil qilib, oz oldimizga qoygan vazifalarni ado etishda biz nimalarga erishganimiz haqida, qanday xulosalar chiqarishimiz zarurligi haqida gaplashib olsak, ayni muddao bolar edi.

Birinchidan, farzandlarimiz, yosh avlodimizni bolaligidan boshlab sport bilan oshno qilish, ularning qalbida sportga havas va mehr uygotish, ularni jismoniy va manaviy jihatdan barkamol etib tarbiyalashni mazkur Jamgarmaning asosiy vazifasi sifatida tasdiqlab olganimiz hammamizga yaxshi malum. Farzandlarimizni bolalikdan asosan maktab yoshidan boshlab sportni ozining hayotdagi doimiy hamrohi deb bilishi, ular umrbod sport bilan dost bolib qolishini, buning uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni barpo etishni ozimizga maqsad qilib qoygan edik.

Majlisda shu borada mamlakatimizda erishilayotgan natijalar aniq raqam va misollar asosida korsatib otildi.

2005-yilda yurtimizda 6 yoshdan 15 yoshgacha bolgan bolalar va osmirlarning 30 foizi, jumladan, qishloq joylarda 29 foizi sport bilan shugullangan bolsa, 2015-yilda bu raqamlar tegishli ravishda 57,2 foiz va 56 foizni tashkil etgani qayd etildi. Bunday misollar mamlakatimiz bu borada katta osish va ozgarishga erishganidan yaqqol dalolat beradi.

Ikkinchidan, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan aniq maqsadli ishlarimiz natijasida ogil-qizlarimiz muntazam shugullanadigan sport turlarining soni keskin ravishda oshib bormoqda. Masalan, ayni shu yoshdagi bolalar 2005-yilda 43 turdagi mashgulotlarga qatnagan bolsa, bugungi kunda ular 59 sport turi bilan shugullanayotgani bu sohadagi yutuqlarimiz nafaqat son jihatidan, balki sifat jihatidan ham osib borayotganini korsatadi.

Ayniqsa, farzandlarimiz biz uchun mutlaqo yangi bolgan badiiy gimnastika, suzish, sinxron suzish, tennis, taekvondo, dzyudo, karate, vaterpol, eshkak eshish kabi sport turlari boyicha muntazam shugullanayotgani, qita va jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarda ishtirok etib, yuqori shohsupalarga kotarilayotgani har qanday odamni hayratda qoldiradi, dedi Prezidentimiz.

Ilgari bugungiday zamonaviy suzish havzalari, tennis kortlari yoki gimnastika zallari yetti uxlab tushimizga ham kirmas edi. Misol uchun, suzish deganda, ariq yoki kanallarda, oddiy sanitariya talablariga ham javob bermaydigan loyqa suv va hovuzlarda chomilishni tasavvur qilar edik. Buning oqibatida respublikamiz aholisi, eng yomoni, bolalar ortasida ogir kasalliklar nihoyatda kopayib ketgani, onalar va bolalar olimi boyicha Ozbekiston sobiq ittifoqda eng oldingi orinlarda turgani ham kechagi tariximizdan yaxshi malum.

Mustabid tuzumdan meros bolib qolgan ana shunday ogir vaziyat tufayli 2000-yilda har 100 ming bolaning 6 mingga yaqini otkir respiratorli virusli infeksiyalarga, 576 tasi pnevmoniya, 449 tasi bronxit, 310 tasi skolioz kasalligiga chalingan edi.

Keyingi yillarda keng kolamdagi iqtisodiy, ijtimoiy, maishiy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlarni izchil joriy etish, bolalar sportini tizimli asosda rivojlantirish boyicha amalga oshirgan ishlarimiz natijasida bugungi kunga kelib sport bilan shugullanadigan 6 yoshdan 15 yoshgacha bolgan bolalarimiz ortasida otkir respiratorli virusli infeksiyalar bilan kasallanish 47,3 foizga, pnevmoniya boyicha 55,6, bronxit boyicha 61,7, skolioz boyicha 45,5 foizga kamaygani biz erishgan eng muhim natija sifatida albatta barchamizni quvontiradi, deb qayd etdi Islom Karimov. Bunday ijobiy ozgarishlarni har qaysi ota-ona oz oilasi, oz farzandlari misolida korib, sportning bu boradagi tasiri va ahamiyatini tobora chuqur anglab yetmoqda.

Uchinchidan, qiz bolalarni ommaviy sportga jalb etish borasidagi amaliy ishlarimiz haqida ham alohida toxtalib otishimiz zarur. Bu korsatkichlar 2005-yilda 24 foizni, jumladan, qishloq joylarda 22 foizni tashkil etgan, xolos. Bugungi kunda qiz bolalarning 47 foizi, qishloq joylarda esa 44,7 foizi sport bilan muntazam shugullanib kelayotgani barchamizga mamnuniyat yetkazadi.

Viloyatlar miqyosida olib qaraganda, 2015-yilda qiz bolalarning sport bilan shugullanishi Fargona viloyatida 47,6 foizni, Namangan viloyatida 47,5, Samarqand va Xorazm viloyatlarida 47,4 foizni tashkil etgani etiborga loyiq, albatta.

Bu ishlarni yanada izchil davom ettirishimiz kerak, dedi Prezidentimiz. Chunki qizlarimiz timsolida biz avvalambor bolgusi onalarni, xalqimiz, millatimizning umidi va tayanchi hisoblangan kelajak avlodni dunyoga keltirib, voyaga yetkazadigan naslimiz davomchilarini koramiz. Qiz bola soglom va baxtli bolsa, u quradigan oila ham, uning mevasi bolmish bola ham soglom va baxtli boladi. Oila soglom va baxtli bolsa, butun jamiyat baxtli va farovon boladi. Buni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur.

Qizlarimizni sportga qiziqtirish, ular ortasida sportni ommalashtirish maqsadida ayol murabbiyalar tayyorlash masalasiga alohida etibor qaratib, bu borada maxsus qarorlar qabul qilganimiz oz samarasini bermoqda, dedi davlatimiz rahbari. Ilgari sport sohasida ayol murabbiyalarni topish qiyin edi. Qishloq joylarda bunday mutaxassislar deyarli yoq edi.

Ana shularning barchasini inobatga olib, yuksak malakali sport murabbiylari, jumladan, xotin-qiz murabbiyalar mehnatini ragbatlantirish boyicha yurtimizda yangi, samarali tizim joriy etilgani bugungi kunda oz natijasini bermoqda. Buning tasdigini 2015-yilda sport boyicha murabbiy va oqituvchilar 2005-yilga nisbatan 1,5 barobar kopayganida, jumladan, ayol sport ustozlari 3,8 barobar oshganida korish mumkin.

Tortinchidan, bolalarimiz kelajagini oylab olib borayotgan mana shunday ishlarimiz farzandlarimizning jismoniy kamolotida ozining amaliy ifodasini topmoqda, deb takidladi Yurtboshimiz. Masalan, Ozbekistonda boy korsatkichlari Jahon sogliqni saqlash tashkiloti standartlariga mos keladigan 14 yoshli ogil bolalarning ulushi bugungi kunda Toshkent shahri boyicha 97,9 foizni, Namangan viloyati boyicha 97,6, Qashqadaryo viloyati boyicha 97,1, Buxoro viloyati boyicha 96,8 foizni, mamlakatimiz boyicha 94,2 foizni tashkil etmoqda. Boshqacha qilib aytganda, 14 yoshdagi ogil-qizlarimizning boyi keyingi on yilda ortacha 2,8 santimetrga osganini alohida takidlash lozim.

Ayni shu yolda amalga oshirgan ishlarimizning yana bir muhim natijasini harbiy xizmatga yaroqli deb topilayotgan yigitlar soni 2000-yildagi 63,4 foizdan 2015-yilda 86,3 foizga yetgani, ularning boyi shu davrda 5,9 santimetrga osib, ortacha 171,7 santimetrni, vazni esa 6,2 kilogrammga ortib, 67,8 kilogrammni tashkil etayotgani misolida korishimiz mumkin.

Beshinchidan, barchamizga ayonki, sport bilan muntazam shugullanish bolalarimiz, yoshlarimizning soglom qarashlarini shakllantiradi va irodasini toblaydi, ularning mard va jasur insonlar bolib kamol topishi, turli-tuman sinov va qiyinchiliklarni mardona yengib otishga qodir bolishi uchun mustahkam zamin yaratadi. Eng muhimi, sport bilan dost bolgan bolalar biz uchun mutlaqo begona va zararli oqimlarga qoshilib ketmaydi, dedi Islom Karimov.

Bugungi kunda shahar va qishloqlarimizda yangidan barpo etilgan zamonaviy futbol maydonlarida yoshlarimiz ozlarining bosh vaqtini mazmunli otkazmoqda. Bunday ishlar oz samarasini bermoqda. Hayotimiz ozgarmoqda, ongimiz, dunyoqarashimiz ozgarmoqda, ozimizga, oz sogligimizga, kelajagimizga munosabatimiz ozgarmoqda va bu jarayonda boshqa kopgina ijobiy omillar qatori avvalo sport katta tasir korsatmoqda.

Oltinchidan, hech kimga sir emas, sport salomatlikni mustahkamlash bilan birga, har qaysi mamlakat, har qaysi davlatni olamga mashhur qiladigan beqiyos vositadir. Xalqaro maydonlarda sportchilarimiz erishayotgan yutuqlar qalblarimizda gurur-iftixor tuygularini uygotadi, ona Vatanimizga bolgan muhabbat hissini yanada yuksaltiradi.

Bizning qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz taraqqiyotida har tomonlama faxrlanishga arziydigan buyuk allomalar, noyob obidalar, yengilmas sarkardalar, pahlavon va bahodirlar juda kop bolgan. Bugun yoshlarimiz ana shunday ulug ajdodlarimizning vorislari sifatida barcha jabhalarda, jumladan, sportda ham dunyo miqyosida eng yuksak shohsupalarga kotarilib, xalqimizning gurur va iftixorini oshirmoqda.

Ozingiz ayting, eski tuzum davrida jahon miqyosida otadigan bironta musobaqada "ozbek, "Ozbekiston degan nomlar bugungidek jaranglab, millionlab insonlar qalbida aks-sado berganini birov eshitganmi, Vatanimiz bayrogi shunchalar baland kotarilganini ilgari birov korganmi, deb alohida takidladi Yurtboshimiz.

Barchamizga mamnuniyat yetkazadigan tomoni shundaki, istedodli ogil-qizlarimiz xalqaro maydonlarda qolga kiritayotgan katta galabalari bilan Ozbekiston yoshlarining hech kimdan kam emasligini takror va takror namoyon qilmoqda.

Bu haqda soz yuritganda, birgina otgan yili 1 ming 668 nafar sportchimiz, jumladan, 567 nafar qizimiz 165 ta xalqaro musobaqada ishtirok etib, 983 ta medalni qolga kiritganini, yosh iqtidorli musiqachi va ijrochilarimiz nufuzli xalqaro tanlovlarda 137 ta sovrinli oringa sazovor bolganini va ularning 76 tasi Gran-pri va birinchi orin ekanini aytish joiz.

Men mana shunday yuksak marralarni qolga kiritayotgan bolalarimizni millionlab Ozbekiston yoshlarining munosib vakillari, deb bilaman. Aynan ana shunday azmu shijoatli ogil-qizlarimiz oz yutuqlari bilan ming-minglab tengdoshlariga ibrat bolmoqda, ularni ham katta maqsadlar yolida ruhlantirmoqda, dedi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz sport jihozlari va kiyimlari ishlab chiqarishda ularning sifatli, qulay, xalqaro standartlarga mos bolishi zarurligiga alohida etibor qaratdi. Shuningdek, sport anjomlarini ishlab chiqarish uchun litsenziya berishni yolga qoyish, bu borada ham raqobat muhitini rivojlantirish kerakligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari qizlarni jismoniy tarbiya va sportga yanada keng jalb etish, suzish havzalarida ular uchun qulay sharoit yaratish, buning uchun xotin-qizlar qomitalarining faolligini oshirish zarurligini alohida takidladi.

Yettinchidan, farzandlarimizni soglom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazishda jismoniy tarbiya va sport bilan bir qatorda sanat tarbiyasi, musiqiy tarbiya ham beqiyos ahamiyatga egadir. Chunki jismoniy tarbiya va sport odamning irodasini tarbiyalab, sogligini mustahkamlashga hissa qoshsa, musiqa sanati uning ruhiga oziq beradi, qalbini, eng nozik tuygularini kamolga yetkazadi.

Musiqa eshitadigan, musiqa bilan shugullanadigan odam yomonlikdan albatta uzoq boladi. Shuning uchun ham biz bolalar sporti obyektlarini qurish bilan birga, bolalar musiqa va sanat maktablarini barpo etish masalasiga ham ustuvor vazifa sifatida alohida ahamiyat qaratib kelmoqdamiz.

Bu boradagi ishlarimizning dastlabki natijalarini mamlakatimizning qishloq tumanlari misolida tahlil qiladigan bolsak, etiborga molik katta ishlarni amalga oshirganimiz ayon boladi, dedi Islom Karimov.

Bugungi kunda yurtimizdagi 157 qishloq tumanida 191 bolalar musiqa va sanat maktablari barpo etildi. Bazi hududlarda, misol uchun, Andijon viloyatining 14 tumanida 20 ta, Samarqand viloyatining 14 tumanida 19 ta, Qoraqalpogiston Respublikasining 14 tumanida 16 ta, Fargona viloyatining 15 tumanida 16 ta musiqa va sanat maktablari qurilib, zamonaviy musiqa asboblari, yuksak malakali pedagoglar bilan taminlangani, boshqa viloyatlarimizda ham shunday ishlar olib borilayotgani har tomonlama qollab-quvvatlashga loyiqdir.

Mutlaqo yangicha asosda bunyod etilgan aynan ana shunday talim-tarbiya, sport va madaniyat maskanlarida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustaqil fikrlaydigan, Ozbekistonning buyuk kelajagini oz kuch-quvvati, oz aql-zakovati bilan quradigan yosh avlodimiz kamol topayotgani barchamizni cheksiz quvontiradi.

Ana shunday yoshlarga ega bolgan, oz oldiga yuksak va ulug maqsadlar qoyib yashayotgan xalqni oz yolidan aslo toxtatib bolmaydi, u oz maqsad-muddaolariga albatta erishadi, dedi Prezidentimiz.

Majlisda mamlakatimizda 2016-yilga Soglom ona va bola yili deb nom berilgani xalqimiz tomonidan tola qollab-quvvatlanayotgani bu qaror el-yurtimizning ayni konglidagi muddao bolganidan dalolat berishi takidlab otildi.

Shu manoda, joriy yil ozining maqsad va vazifalari bilan Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasi faoliyatida yangi bir bosqich bolishi muqarrar, desak, mubolaga bolmaydi.

Sport mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashning eng muhim va kuchli omili bolib kelmoqda va kelgusida ham shunday bolib qolishi shubhasiz. Chunki, sport bu avvalo soglom avlod, soglom kelajak degani. Binobarin, faqat soglom xalq, soglom millatgina buyuk ishlarga qodir boladi, dedi Islom Karimov.

Soglom avlodni voyaga yetkazishda jismoniy tarbiya va sportning rolini oshirish, bu boradagi mavjud moddiy-texnik baza va kadrlar salohiyatini jahon standartlari asosida yanada mustahkamlash, eng muhimi, sportga mehr har bir bola, har qaysi oila hayotiga chuqur kirib borishiga erishish eng muhim, doimiy vazifamiz bolib qoladi, dedi oz sozining yakunida Prezidentimiz.

Yigilishda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi va kelgusi 5-yil uchun moljallangan rejalar, xususan, Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, Toshkent shahrida Oliy mahorat sport maktablari barpo etish boyicha vazifalar belgilab olindi.

Muhokama etilgan masalalar yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi orinbosari, moliya vaziri R.Azimov, Bosh vazir orinbosari B.Zokirov, xalq talimi vaziri orinbosari, Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasi ijrochi direktori E.Iskandarov, qator vazirlik va idoralar rahbarlari, viloyat hokimlarining axboroti tinglandi.

Yigilishda korilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

OzA

dle