» » » 9-may Xotira va qadirlash kuni

9-may Xotira va qadirlash kuni

 
 
 
Xalqimiz qadim-qadimdan o'z ajdodlarini munosib xotirlab kelgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 12 maydagi farmoishga binoan, 9 may Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanadigan bo'ldi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Vatan va xalq ozodligi yo'lida qurbon bo'lgan fidoyilar xotirasini abadiylashtirish to'g' risida gi qarori ham e'lon qiiindi. Ajdodlarimiz azal-azaldan vafot etgan yaqinlari, qarindoshlarini eslab qabristonlarga borishgan, qabrlarni tozalab, atrofiga tol-terak, gulu rayhonlar ekkan, yaxshi fazilatlarini hotiralashgan. Yurtimizda islom dini joriy qilinishi bilan Qurbon xayiti, Ramazon xayiti arafalarida marhurnlar cslanib, ularning ruhiga duoi fotiha o'qilgan.Tongda qabristonga borilib, qabrlar ziyorat qilingan. Marhum ota-onalar, aka-opalar, qarindosh-urug', ustozlar esga olingan. Uzoq muddat sobiq mustabid davrida bunday marosimlar qoralanib kelindi, ta'qiqlandi. 
lstiqlol yillarida ular qayta tiklandi. Endilikda o'tgan ajdodlarimizni xotiralash va mo'tabar zamondoshlarimiz hurmatini joyiga qo'yishda Xotira va xotiralash kuni ning nishonlanishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu kun o'z mohiyati bilan boshqa bayram va an'analarimizdan farq qiladi. U odamlardan o'tgan ajdodlanli eslashgina emas, Vatan uchun kurashda halok bo'lgan, xalq farovonligi va mamlakat taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shgan kishilaming xotirasini y'od olish hamdir. Hozirgi paytda yurtimizda Xotira va qadrlash kuni ni nishonlash borasida talaygina ibratli ishlar qilinmoqda. 
Xotira va qadrlash kuni, ajdod-avlodlami bir-biri bilan bog'lash, yurtdoshlarimizda mehr-shavqat, muruvvat, o'zligini anglash, hayotning qadriga yetish hissini kamol topdirishda muhim ahamiyat kasb etaveradi: Ajdodlarinliz xotirasini c'zozlash borasidagi ana shunday oliyjanob ishlarga Islom Karimov rahbarligida Toshkcnt shahri markazida barpo qilingan Shahidlar Maydoni, "Motamsaro ona haykali yaqqol misol bo'la oladi. Har bir xonadon, maha11a, tuman, viloyatda hurmat-e'zozga munosib kishilarko'p o'tgan. Ba'zilarini hatto oila a zolari, keyingi avlod eslamaydi, bilmaydi. Binobarin, faqat mashhurlami cmas, nom-nishonsiz kctgan oddiy kishilami ham nomini tiklash hozirgi davrda har bir maktab, mahallaning vazifasidir. Shuningdek. mash'um urushda halok bo'lgan bobolarimizni eslash, urushdan omon qaytgan va kundan-kun siyraklashib borayotgan fahriylarning, mamlakat ichkarisida mchnat qilgan tabarruk qariyalarimizning holidan xabar olib turish yosh avlod zimmasidagi ham qarz va farz.


dle