» » » O`zbek xalq og`zaki ijodi - Alla (video)

O`zbek xalq og`zaki ijodi - Alla (video)

 


Alla  1) bolani uxlatish jarayo-nida yakkaxonlik uslubida aytiladigan qoshiq. Ozbek, uygur va tojik xalqlari orasida A. nomi bilan yuritiladi. Odat-da oddiy kuylar b-n, bazida rechitativ tarzda, beshik yoki belanchakni tebratish suratiga mos ravishda ijro etiladi. Matni, asosan, tortlik; ijro uslubi erkin, badihagoy. A. onaning bolaga bolgan mehr-muhabbati, umid va orzula-ri, yaxshi niyat va tilaklarini anglatish bilan birga ruhiy kechinmalarini ham ifo-dalaydi. Shu bois bazi A. namunalari yigi ohanglariga yaqin boladi; 2) beshik toyi jarayonida beshikni olib kirayotgan ayollar tomonidan aytiladigan qoshiq. Ijro xususiyatlari bayramona maro-sim kayfiyatiga mos; tantanavor doira usuli jorligida kuylanishi mumkin; 3) Ozbekistonning bazi hududlarida A. nomi bilan aytiladigan marosim qoshiqlari. Mac, Buxoro viloyati Olot va Qorakol tumanlari hamda Xorazmda dafn marosimi jarayonida navbat bilan ayollar (yoki maxsus chaqirilgan allachi-goyanda, xalfa) tomonidan badiha uslu-bida aytiladigan qoshiq va b. Ayrim tax-minlarga kora, A. nomi "Alloh" sozidan kelib chiqib, Yaratgandan chaqaloqni oz panohida asrashni iltijo qilishga nis-bat bilan bogliq. Ananaviy A. xususiyat-laridan ozbek bastakorlari (T. Jalilov, Yu. Rajabiy, F. Sodiqov) va kompozi-torlari (A. Muhamedov, Ik. Akbarov, S. Yudakov) ijodiy foydalanishgan.Ad: Alaviya M., Ozbek xalq marosim qoshiqlari, T., 1974; Romanovskaya Ye., Stati i dokladi. Zapisi muzikalnogo folklora, T., 1959; Tursunov N., Buxoro udumlari, T., 1994.R. Choriyev
dle