Asqad Muxtor (video)



Asqad Muxtor (19201996) Shoir va yozuvchi. 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida tugʻilgan. Bolalar uyida tarbiyalangan. 1936 yilda maktabni bitirgan. Toshkentda jurnalistika kursida oʻqigan. Soʻng 1938 yilda Samarqanddagi OʻzDU filologiya fakultetiga oʻqishga kiradi. 19431945 yillarda Andijon pedogogika institutida oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasida mudir boʻlib ishlagan.

Asqad Muxtor (taxallusi; fam. Muxtorov, 1920.23.12, Fargona1997.17.4, Toshkent) Ozbekiston xalq yozuvchisi (1980). Orta Osiyo universitetining filol. fakultetini tugat-gan (1942). Andijon pedagogika institutida kafedra mudiri (1942 45). "Yosh leninchi", "Qizil Ozbekiston" gaz.larida masul kotib, bolim mudi-ri (194548). Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi (1957-69, 1985-88), uyushma boshqaruvi raisining orinbosari (1965), "Sharq yulduzi" (196065), "Guliston" (196980) jur.lari, "Ozbekiston adabiyoti va sanati" gaz.si bosh muharriri (1981-82).Dastlabki dostoni "Bizning avlod-lar" (1939) Buxoro mehnatkashlarining otmish hayoti haqida. Adib ijodida ozbek xalqining manaviy kamolotini korsatish masalasi muhim orin egal-lagan. Bu niyatini u ozbek ishchi sinfi hayotini tasvirlash orqali amalga oshi-rishga intiladi. Shu jihatdan "Polat quyuvchi" (1947) poemasi b-n "Daryolar tutashgan joyda" (1950), "Opa-singil-lar" (1954), "Tugilish" (1961) asarla-ri ortasida mushtaraklik bor. "Davr mening taqdirimda" (1964), "Chinor" (1969) romanlarida mehnat kishisining yuksak insoniy fazilatlari tasvir-langan. "Chinor" romani mazmun va sha-kliga kora oziga xos asar bolib, unda ozbek xalqi bosib otgan tarixiy yol, kishilar ruhiyati ifoda etiladi. Mehnat kishisi obrazi, uning yaratuvchilik fa-oliyati "Boronlarda bordek halovat" (1976) qissasida yangi qirralari b-n aks etdi. "Amudaryo" (1986) romani Afgonistondagi voqealar haqida hikoya qiladi. Adib qahramonlari fikrlovchi, mushohada yurituvchi, bahslashuvchi ki-shilardir. Bu hol uning lirikasi uchun ham xosdir. "99 miniatyura" (1962), "Sherlar" (1966), "Sirli nido" (1984) va b. kitoblariga kirgan nazmlari b-n ozbek poeziyasining boy imkoniyatla-rini namoyish qildi. Uning poetik ijodi hayotiy mazmunga tola, koproq voqeaband, hajviyotga moyil. Ularda in-son hayotining otkinchiligi va haqiqati haqidagi oylar, inson va tabiat muno-sabatlariga oid mu-rakkab savdolar aks etgan. "Mardlik choqqisi" (1948), "Yax-shilikka-yaxshilik" (1949), "Chin yurak-dan" (1956), "Dunyo bolalari" (1962), "Ildizlar", "Jar yoqasidagi chaqmoq" (1984), "Kumush tola" (1988) va b. asar-lari bolalarga bagishlangan. "Tong b-n uchrashuv" (1987) pesalar toplami nashr etilgan. "Uyqu qochganda" (1997) kitobi hoz. hayot, manaviyat, madaniyat va ijod masalalariga bagishlangan.Sofokl, Shekspir, shuningdek jahon adabiyoti yirik namoyandalarining ay-rim asarlarini ozbek tiliga tarjima qilgan. Asarlari bir qancha xorijiy tillarda bosilgan. Hamza nomidagi Ozbekiston Davlat mukofoti laureati (1972). "Dostlik" ordeni b-n mukofot-langan (1995).Ac: Asarlar, 4 jildli, T., 198083; Tong bilan uchrashuv, T., 1987.Ad.: Soyimov B., Asqad Muxtor pro-zasi, T., 1969; Karimov H., Asqad Mux-torning insonni tasvirlash sanati, T., 1972.


dle