» » » Telefon batareyasi uzoq vaqt xizmat qilsin, desangiz

Telefon batareyasi uzoq vaqt xizmat qilsin, desangiz

 

 Bugungi elekron qurilmalarning eng nozik ehtiyot qismlaridan biri, bu batareyalardir. Ayniqsa, eng songgi rusumlardagi qol telefoniga ega kishilar batareyaning tezda "otirib qolishidan nolishadi. Quyidagi tavsiyalarimiz ulardan foydalanish muddatini imkon qadar uzaytirish va togri saqlash boyicha boladi.

 

Avvalo, yangi telefon yoki batareya sotib olganlar batareyaning yaxshi ishlashini taminlash uchun birinchi 2-3 marta toliq quvvatsizlanganidan keyin 10-12 soat davomida zaryadlashi maqsadga muvofiq. Unutmaslik lozimki, batareyani 24 soatdan ortiq tinimsiz quvvatlash uning shikastlanishiga olib keladi.

Mutaxassislar batareyaning yaxshi holatda saqlab turish uchun oyda bir marotaba telefon avtomatik ravishda ochgunga qadar quvvatlamaslikni tavsiya qiladi.

Bir necha yuz marta quvvatlantirilgach, uning samaradorligi tabiiy ravishda pasayib boradi. Bu paytda yangi batareya sotib olish foydadan holi bolmaydi.

Faqatgina telefon imkoniyatlariga mos keluvchi batareyalardan foydalaning.

Telefon xotirasidagi malumotlar ochib ketmasligi uchun batareyani olishdan avval telefonni ochiring.

Quvvatlash moslamasidan foydalanmagan paytda uni elektr manbaidan uzib qoying. Toliq zaryadlangan batareyani quvvatlash moslamasiga ulangan holda qoldirmang. Bu uning yaroqlilik muddatini kamaytirishi mumkin.

Ota issiq yoki ota sovuq haroratda batareyaning ishlash hajmi, vaqti qisqarishi mumkin. Undan +15 darajadan +25 darajagacha haroratda foydalanishga harakat qiling.

Olov ichiga tushgan batareya portlashi mumkin. Tanga, igna kabi metal buyumlar batareyaning "+ va "-" qutblariga ulangan taqdirda qisqa tutashuv roy berishi ehtimoli yuqori. Shuningdek, shikastlangan quvvatlagich va batareyalardan foydalanmaslik, ularni boshqa chiqindilar qatori chiqindixonaga emas, maxsus qayta ishlash shahobchalariga topshirgan maqul.

Signal mavjud bolmagan joylarda telefonni ochirib qoying. Chunki muntazam ravishda aloqa tarmogini qidirish batareya quvvatini kamaytiradi. Agarda bunday paytlarda telefondan foydalansangiz, uni "uchish rejimiga sozlab qoying.

Bir martalik quvvatdan uzoqroq foydalanmoqchi bolsangiz, kiruvchi qongiroqlar ovozini imkon qadar pasaytirib, "vibratsiyani ochirib qoying.

Vaqti-vaqti bilan batareyaning musbat va manfiy qutblarini spirtga botirilgan paxta bilan tozalab turing.

Telefonni quvvatlash vaqtida issiqlik yutuvchi buyumlar ustiga qoygan maqul. Masalan, taxta, kitob, metal buyumlar va hokazo.

mAh milli amper-soatning qisqartirilgan shakli bolib, elektr zaryadi birligi hisoblanadi. U qanchalik baland bolsa, telefondan koproq foydalanish mumkin.

Android operatsion sistemasida ishlovchi telefonlar ekrani kop miqdorda energiya talab etadi. Shu bois, agar android telefon ishlatsangiz, imkon qadar ekran yoruglik darajasini pasaytiring.

dle