Dona son, uning yasalishi


Fan: Ona tili

Sinf: 6

Mavzu: Dona son, uning yasalishi.

Vaqt: 45 daqiqa.

DTS asosida o`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan BKMlar:

Ø Sonning ma`noviy guruhlari:

Ø Dona sonning qoidasi.

Ø Dona sonlarning yasalishi.

Ø Dona son o`rnida qo`llanuvchi so`zlar .

Ø Dona sonlar ishtirokida so`z birikmasi va gaplar tuzish.

Darsning shiori: Bir kalla kalla-ikki kalla tilla.

Darsning maqsadi:

a)Ta`limiy:

Dona son va uning yasalishi haqida tushuncha berish.

Nazariy bilimlarni mashqlar orqali mustahkamlash.

Ertak asosida yuzaga kelgan muammoli vaziyatni yechimini aniqlash.

Kundalik turmush tarzini sonlar bilan bog`liqlik jihatlarini ko`rsata bilishi.

b)Tarbiyaviy:

O`quvchilarni insonparvarlik va mehnatsevarlikka o`rgatish.

Ona zaminga bo`lgan muhabbat tuyg`ularini shakllantirish.

O`zaro bir-birini hurmat qilish hissini singdirish.

s) Rivojlantiruvchi:

O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish.

Amaliy mashqlar bajarish orqali yozma nutqni o`stirish.

Mustaqil o`yinlar orqali zukkolik va chaqqonlikka undash.

Nutq madaniyatini oshirish.

Dars uslubi: Aralash. Og`zaki - yozma

Dars usuli: Interaktiv.

Dars materiallari va jihozlari.

Son so`z turkumiga oid standart ko`rgazma.

Besh barmoq surati tushirilgan ko`rgazma.

Dona sonlarga oid misollar yozilgan qo`lda tayyorlangan ko`rgazma.

Mosh, no`xat, loviya urug`lari va qo`lda tikilgan qopchalar.

Kodoskop.

Qo`lda yozilgan maktub.

Rag`batlantiruvchi nishonlar.

Mavzu asosida tayyorlangan slaydlar.

 

DARSNING REJASI

O`tkazish bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism.Sinfda psixologik iqlim yaratish.O`qituvchining ertak orqali kirish so`zi.

2 daqiqa

2

Slaydlar asosida yangi darsning borishi.

a) Tong yorimas quyoshsiz,

Ishimiz bitmas sonsiz

(Mavzuga kirish .Yangi mavzu haqida bilim, ko`nikma berish)

b) Besh barmoq, beshta barmoq

Qani, topingchi o`rtoq.

(darslikdagi 1- topshiriq)

s) Sonlar songa boylandi,

Dona songa aylandi,

(400- mashq)

d) Donoxonga guldasta

Dono sondan bir dasta.

(401-mashq)

e) 1-2-3-qayga ketdi ,

Songa mehmonga ketdi .

(402-mashq)

g) 1-2-3-dam oling

Yengil bir nafas oling ( dam olish daqiqasi)

j) Bo`sh o`tirma, bosh qotir

(Boshqotirmalar orqali o`tilgan mavzularni mustahkamlash)

k) Sonning so`rogi bizdan javobi esa sizdan (Yangi mavzuni mustahkamlash)

 

5 daqiqa

 

 

 

5 daqiqa

 

 

5 daqiqa

 

 

5 daqiqa

 

 

5 daqiqa

 

 

2 daqiqa

 

 

5 daqiqa

 

 

3 daqiqa

3

9.Qopcha donga to`ldi,

G`olib aniq bo`ldi

(G`olib guruh aniqlanib, o`quvchilar baholanadi va rag`batlantiriladi)

 

5 daqiqa

4

10.Uyga vazifa berish

 

3 daqiqa

dle