» » Testlarni 100% togri bajarish

Testlarni 100% togri bajarish

1-avgust barcha abituriyentlar kuchli hayajon bilan kutadigan kun. Bu kunda kimdir bilimiga, kimdir omadga, yana kimdir esa boshqa biror narsaga ishonib kirish imtihonlari testlarini 100% togri bajarish hamda talabalik baxtiga muyassar bolish orzusi bilan imtihon otkazilish binosiga yol oladi. Har kim testlarni ozi bilganicha, bilimiga tayangan holda, oz uslubidan kelib chiqib bajaradi. Quyida testlarni togri bajarishingizda muhim bolgan zaruriy bosqichlarni keltirib otmoqchiman. Bu bosqichlarga qatiy amal qilsangiz, testlarni 100% togri bajarishingiz ehtimoli sezilarli darajada oshadi. Testlarni toliq togri bajarishni istasangiz, quyidagilarga amal qiling:

1. BILIMINGIZGA ISHONING. Bu birinchi qoida! Test imtihoniga kirishishdan avval imtihon kuniga qadar olgan bilimingizga ishoning. Agar abituriyent oziga, bilimiga ishonsa, u oz oldiga qoygan har qanday vazifani uddalay olishiga ishoning. Sizda bilim bolsa-yu, ozingizga ishonmasangiz, tahminlar va qorquvlar ogushida test bajarishga kirishsangiz, ortiqcha hayajon tasirida javobi oddiy bolgan savollarni ham ijobiy hal qila olmay qolishingiz mumkin. Ozingizga ishoning va Siz hammasini uddalaysiz!

2. BARCHA SAVOLLARNI KOZGAN KECHIRIB CHIQING. Bajarishni boshlashdan avval savollar kitobidagi barcha savollarga tezlik bilan koz yugurtirib chiqing. Bunday qilish orqali Siz uchun oson bolgan savollarni topish va qiyinroq bolgan savollarni aniqlab olishingiz mumkin boladi. Oson bajariladigan savollarni birinchi orinda hal qiling. Javobini topish qiyin bolgan, kop oylashni talab qiladigan savollar ustida keyinroq bosh qotirasiz. Har doim eng oson savollarni birinchi bajaring!

3. QOLGAN NARSA QOLIB KETMASIN. Yuqoridagi tavsiyaga amal qilib bajarilishi qiyin bolgan savollarni tashlab ketilgan holida unutib qoldirmang! Oson savollarni bajarib bolganingizdan song albatta qoldirib ketilgan, Siz uchun qiyin bolgan savollarga qaytib, ular ustida bosh qotiring.

4. VARIANTLARGA QARAMASDAN, OZINGIZ FIKRLANG. Savolni oqiganingizdan song variantlarga qarashga shoshilmang. Variantlar berilmagan, deb hisoblab, savolga ozingiz mustaqil ravishda, oz fikringizga tayangan holda javob berishga urinib koring. Javob topganingizdan song variantlarga qarashingiz mumkin! Agar Siz oylagan javobning aynan ozi variantlar orasida bolmasa ham, unga eng yaqin bolgan javob bolishi mumkin. Bu usuldan foydalangan holda togri javobni tez topish imkoniga ega bolasiz.

5. XATOLIGI ANIQ JAVOBLARNI OCHIRIB TASHLANG. Variantlarda berilgan javoblarning faqat bittasi togri boladi. Qolgan tanlovdagi xato javoblarni ochirib tashlang va ularga umuman etibor qilmang. Togri javobni topishdan avval notogriligi aniq bolgan javoblarni ochirib tashlash fikringizni jamlashingizda yordam beradi. Ortiqcha javoblarni olib tashlang, shunda togri javobning ozi Sizga korinib qoladi.

6. ABSOLYUT JAVOBLARNI TANLASHDA EHTIYOT BOLING. Absolyut javoblarga "Yuqoridagilarning hech qaysi emas, "Yuqoridagilarning barchasi, yoki "Barcha javoblar togri kabi variantlar kirishi mumkin. Bu turdagi javoblar deyarli har doim notogri variant boladi va agar rostdan ham yuqorida keltirilgan javob variantlarining kamida ikkitasi togri ekanligiga toliq ishonch hosil qilmasangiz, bunday javoblarni togri javob sifatida belgilamang!

7. OQIM BOYLAB SUZING. Javobni qoyishingiz kerak bolgan _________ bosh joydan oldingi soz yoki iboraga etibor bering. Javob variantlaridagi qaysi javob Sizga togridek tuyulayapti? Agar bosh joydan avvalgi soz yoki ibora bilan Siz tanlagan javob variantidagi soz mutanosib bolsa, mano jihatidan togridek bolib tuyulsa, demak bu testning togri varianti ham aynan shu ekanligining ehtimoli yuqori.

8. TAVAKKALDA HAR DOIM B YOKI C JAVOBNI TANLANG. Test tuzuvchilar kopincha togri javobni variantlarning orta qismida joylashtirishadi. Shuning uchun birinchi javob bolgan A variant, yoki oxirigi javob bolgan D variantda kopincha xato javoblar keltiriladi. Savolning aniq javobini bilmasangiz, tahmin sifatida har doim B yoki C javoblardan tahminingizga eng yaqin bolgan javobni belgilang.

Yuqoridagilar kop tanlov variantlariga asoslangan testlarni yechish boyicha oddiygina tavsiya, xolos. Aslida testni toliq togri bajarish uchun Sizdan koproq oqish, bilim olish va izlanish talab etiladi. Chunki yaxshi tayyorgarlikdan otgan, bilimli kishining mehnatini har qancha qiyin testlar bilan ham bekor qilish mumkin emas. Oqing va albatta testlarni togri bajaradigan bolasiz! Faqat oz bilimingizga ishoning! Men Sizga ishonaman. Siz uddalaysiz! :)

dle